"Ehtirom, e'zoz, e'tirof" respublika tanlovi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yoritilishini keng tashkil etgan ommaviy axborot vositalari vakillarini rag‘batlantirish maqsadida "Ehtirom, e'zoz, e'tirof" respublika tanlovi o‘tkazilishini e'lon qiladi.
 
Tanlov:
- bosma ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida "Eng yaxshi maqola";
- televideniyeda e'lon qilingan "Eng yaxshi teledastur";
- mamlakatimiz radiolari orqali efirga berilgan "Eng yaxshi eshittirish";
- yurtimiz teleradiokanallarida namoyish etilayotgan "Eng yaxshi ijtimoiy rolik";
- davlat dasturi yoritilishini keng targ‘ib qilgan "Eng yaxshi internet sayt" nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
 
Tanlovga qatnashish uchun buyurtmalar ijodiy uyushmalar, agentliklar, ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan, sohalar bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlardan, shuningdek, mustaqil ijodkorlardan qabul qilinadi.
 
Tanlovga 2014 yilning 8 dekabridan 2015 yilning 30 noyabrgacha bo‘lgan davrda gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e'lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar (5 tadan kam bo‘lmagan) joriy yilning 5 dekabrigacha O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan qabul qilinadi.
 
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: 
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma'lumot;
- muallifning pasporti nusxasi;
- ish joyidan tavsiyanoma;
- muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.
 
Tanlov g‘oliblari dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida aniqlanib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadilar hamda ularning ro‘yxati matbuotda e'lon qilinadi.
 
Ijodiy ishlar "Ehtirom, e'zoz, e'tirof" tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 
 
100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. 
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,
Telefon: 244-64-61.

1 537
Манба api.uz