Respublika "Kitob bayrami"ning tantanali ochilish marosimidagi tabrik so‘zi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
Bosh direktori, tashkiliy qo‘mita raisi
A.YUNUSOVNING
Respublika “Kitob bayrami”ning
tantanali ochilish marosimidagi
TABRIK SO‘ZI

Aziz mehmonlar!
Respublika “Kitob bayrami”ning muhtaram ishtirokchilari!
Hurmatli kitobcevarlar!



           O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘uniyevich Karimovning
«Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor» nomli asarida o‘zbek
adabiyotini rivojlantirish orqali xalq ma'naviyatini, kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, yoshlarimizni
milliy adabiyotga, Ona-Vatanga yuksak muhabbat ruhida tarbiyalash borasida
belgilab bergan vazifalar ijrosini amalga oshirishga qaratilgan Respublika “Kitob
bayrami”ga tashrif buyurganligingiz bilan Siz aziz - kitobsevarlarni chin dildan
qutlashga ijozat bergaysizlar!
Mana shunday fayz va shukuhga to‘la kunlarda o‘tkazilayotgan Respublika
“Kitob bayrami” tadbirlari nafaqat poytaxtimizda, balki bir vaqtning o‘zida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.
“Kitob bayrami” tadbirlari davomida Mamlakatimizda adabiyotga,
qadriyatlarimizni ulug‘lashga hamda xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirishga
davlat darajasida berilayotgan e'tiborni Siz azizlarga yaqindan yetkazish kabi ezgu
niyatlar bilan bayramning maxsus dasturi tayyorlandi.
Mazkur dasturga muvofiq uch kun davomida:
- noshirlarning yangi kitoblari taqdimotlari; - kitob mualliflari, adib va shoirlar, kitob grafikasi bo‘yicha rassomlar,
muharrirlarining kitobsevarlar bilan bevosita ijodiy uchrashuv-muloqotlari,
mushoiralar va suhbatlar;
- bolalarning kitobga bo‘lgan mehirlarini oshirishda ota-onalarga maslahatlar;
- “Kitobxon oila”, “Mening birinchi kitobim”, “Odamiylik kitobga bo‘lgan
ehtiromdan boshlanadi” kabi mavzularga oid sovrinli intellektual o‘yin va viktorinalar
o‘tkaziladi.
Bayram tadbirlaridan “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” - Badiiy dastur ham
o‘rin olgan bo‘lib, unda Madaniyat va istirohat bog‘ining turli hududlarida tashkil
etilgan maxsus maydonchalarida bayramga tashrif buyurganlar uchun:
- Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi “O‘zbeknavo” estrada
birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy birlashmasi tomonidan jalb etilgan san'atkorlar, turli
tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan yosh iqtidor sohiblari mumtoz navolar, kuy va
qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va yosh ijodkorlarning ijodiy
uchrashuvlari;
- Respublika yosh tomoshabinlar teatri, Respublika Davlat qo‘g‘irchoq
teatrining spektakllaridan sahna ko‘rinishlari;
- O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari hamda Respublika
Baynalmilal markazi qoshidagi Milliy madaniy markazlar havaskor san'atkorlarining
badiiy chiqishlari rejalashtirilgan.
Hammamizga yaxshi ma'lumki, Respublikamiz Prezidenti, muhtaram Islom
Abdug‘aniyevich Karimov yaqinda 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan
Ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan intervyusida mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlarning amaldagi natijasi xalqaro maydonda yuksak e'tirof
etilayetganligi borasida bir yorqin dalilni keltirib o‘tdilar.
Ya'ni “Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida o‘tkazilgan “Dunyoning eng
baxtli mamlakatlari” degan mavzuidagi tadqiqotga ko‘ra, mazkur reytingda 160ga yaqin davlatlar orasida Respublikamiz 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagan.
Bu avvalambor mustaqillik davrida iqtisodiyotimiz barqaror sur'atlar bilan
rivojlanayotgani, odamlarimizning hayot darajasi va sifati oshib borayotgani va bu
yutuqlarni dunyo hamjamiyati yana bir bor tan olayotganini ko‘rsatadi,” - deb
ta'kidladi Prezidentimiz.
Darhaqiqat, biz bugun go‘zal, betakror zaminda yashayapmiz. Hozirgi
hayotimizni kechagi kunimiz bilan solishtiradigan, qiyoslaydigan bo‘lsak,
o‘ylaymanki, oramizda Vatanimizning bugungi beqiyos taraqqiyoti darajasi bilan
faxrlanmaydigan, buni qadrlamaydigan odamning o‘zi yo‘q bo‘lsa kerak.
Davlatimiz rahbari, eng muhimi, yoshlarimizga ravon yo‘llarni ochib berishga
e'tiborimizni yanada kuchaytirishimiz zarur, ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdilar.
Zero, bugun o‘tkazilayotgan Respublika “Kitob bayrami” ham shak-shubhasiz
Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ana shu ezgu maqsadlarning amalga
oshishiga, unib-o‘sayotgan yoshlarimizning kitob mutolaasiga bo‘lgan mehrini,
intellektual salohiyatini oshirishga, ularning yuksak ilm cho‘qqilarini egallashiga
xizmat qiladi, deb o‘ylayman.



Respublika “Kitob bayrami”ga
xush kelibsiz,
aziz kitobsevarlar!


Яқин хабарлар