“KITOB - MILLATNING BEBAHO MA'NAVIY VA MADANIY MEROSI” III ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida milliy adabiyotimizni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida «Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor» shiori ostida o‘tkazilayotgan an'anaviy Respublika «Kitob Bayrami» doirasida tashkil etiladigan «Kitob - millatning bebaho ma'naviy va madaniy merosi» III ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
 
Ilmiy-amaliy konferensiya 2015 yilning 29 may kuni, soat 9.30 da Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 30-uy, 4-qavatida joylashgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining katta majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi.
 
Konferensiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 29 may kuni soat 9.00 da boshlanadi.
 
Ma'lumot uchun telefon - 244-12-61, 244-32-33
920
Манба api.uz