Asosiy menu

Onlayn Maslahat


Savol bering, javob beramiz!

Savol:  O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan keng omma uchun mo‘ljallangan axborot resurslari yaratilganmi? Uning ochiqligi, oshkoraligi har kimning erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlanganmi?

Javob: Agentlikda hukumatning tegishli me’eriy hujjatlariga ko‘ra oshkor etilishi mumkin bo‘lmagan axborotlardan tashqari keng omma uchun mo‘ljallangan axborot resurslari yaratilgan va bu resurslar www.api.uz veb-saytiga joylashtirilgan. Bundan har kim erkin foydalanishi mumkin.  


Savol:  O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida jismoniy va yuridik shahslarning axborotni erkin va moneliksiz olishi hamda foydalanishi yuzasidan huquqlarini amalga oshirish borasida qanday  shart-sharoitlar yaratilgan?

Javob: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi («Axborot erkinligi kafolatlari»)ga muvofiq jismoniy va yuridik shahslarning axborotni erkin va moneliksiz olishi hamda foydalanishlari yuzasidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Birinchidan tashkilot rahbariyatning fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqtlari belgilab qo‘iylgan. 
Ikkinchidan Agentlikning www.api.uz veb-saytida har qanday axborotni moneliksiz olish imkonini beruvchi «tashqi aloqa» va «interaktiv (savol-javob-tavsiyalar) xizmatlar»  kabi bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘iylgan.


Savol: Noshirlik faoliyatini Litseziyalash talablari va shartlari nimalardan iborat?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-son qarorining 1-Ilovasidagi Noshirlik faoliyatini Litseziyalash to’g’risida Nizomga muvofiq quyidagilar noshirlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

-noshirlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, normativ-tehnik va boshqa talablarga majburii rioya etish;

-urushni targ’ib qilish, davlat tuzumini konstituciyaga hilof ravishda o’zgartirish, mamlakatda havfsizlikni va ijtimoiy-siesiy barqarorlikni, jamiyatning huquqiy va ma'naviy asoslarini, fuqarolar totuvligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzish, O’zbekiston to’g’risida noto’g’ri ahborotlarni tarqatish hamda uning tarihiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarini buzib ko’rsatish uchun foidalanilishi mumkin bo’lgan matbaa mahsulotlarini nashr etish va tarqatishga io’l qo’imaslik; 

-noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tegishli moddii-tehnik baza, asbob-uskunalar va boshqa tehnika vositalarining mavjudligi;

-litsenziyada ko’rsatilgan ihtisos bo’yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

noshirlik-matbaa sifatining amaldagi talablar va standartlarga muvofiqligini ta'minlash;

-mualliflik huquqiga rioya qilish;

-litstenziat tomonidan taiyorlangan matbaa mahsulotlarining (shu jumladan mazkur mahsulot tarkibiga kirgan asarlarning) nushalari, taierlangan nushalar soni, shuningdek licenziat ehud buyurtmachining nashr etishga huquqini (litsenziat tomonidan mualliflik huquqlariga rioya qilinishi) tasdiqlovchi hujjatlar hisobining yuritilishi;

-litsenziat tomonidan noshirlik faoliyatining eng’in havfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiena normalari, mehnatni (ishlab chiqarishni) muhofaza qilish talablariga javob beradigan bino va honalarda amalga oshirilishi;

-litsenziat tomonidan honalar, tehnologik asbob-uskunalar va boshqa tehnika vositalarini, shuningdek noshirlik faoliyatida foidalaniladigan sarflanuvchi materiallarni ishonchli qo’riqlashning ta'minlanishi;

-yuridik shahs shtatida tegishli olii eki o’rta mahsus ma'lumotga va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lgan kamida bir nafar hodimning mavjudligi. 


Savol: Qanday faoliyat matbaa faoliyati deb ataladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qaroriga muvofiq matbaa faoliyati deb, barcha turdagi bosma nashrlarning bosma shakllarini yasash maqsadida ular matnini terish, bosma shakllarini taierlash (shu jumladan muhr va shtamplarni yasash), maketini taierlash, bosish, muqovalash, tirajini taierlash tushuniladi. Matbaa faoliyati yuqorida sanab o’tilgan jaraenlarni (turlarni) uzvii birgalikda yoki alohida-alohida olingan holatlarnni ham o’z ichiga oladi. 

Matbaa korhonalari deb matbaa faoliyatini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismonii shahslar tomonidan tashkil etilgan tuzilmalar (koncern, kombinat, fabrika, bosmahona, markaz, ustahona, ceh, laboratoriya, bo’linmalar va boshqalar) tushuniladi.

Matbaa korhonasi alohida yuridik shahs sifatida eki mavjud yuridik shahsning tarkibii tuzilmasi sifatida tashkil etilishi mumkin. 
Jismonii shahslar matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro’ihatdan o’tishlari lozim. 

Muhr va shtamp taierlash faoliyati faqat yuridik shahslar tomonidan amalga oshiriladi. 

Savol: Matbaa korhonalarida rasmiy hujjatlarni taiyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

Javob: Matbaa korhonalarida rasmiy hujjatlarni tayorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo’yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qaroriga 1  ilovasidagi Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risida Nizomda belgilangan.

Savol: O‘zbekistonlik noshirlar Xalqaro kitob tanlovlarida ishtirok etadilarmi?

Javob: Agentlik tomonidan 2009 yildan boshlab «Yilning eng yaxshi kitobi» Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an’anaga aylandi.  2010 yilda ham Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan nashriyotlar o‘rtasida «Ijtimoiy-siyosiy adabiyot», «Vatan tarixi», «O‘zbek mumtoz adabiyoti», «Bolalar va o‘smirlar adabiyoti», «ART kitob» nominasiyalari  bo‘yicha ushbu ko‘rik-tanlovning 2-bosqichi o‘tkazildi. Unda 18 ta nashriyot 120 yaqin kitoblari bilan qatnashdi. Ko‘rik-tanlovda «Bolalar va o‘smirlar» nominasiyasi bo‘yicha «ShARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi taqdim etgan «O‘zbek xalq ertaklari» –  I darajali diplom, «ART FLEX» nashriyotida chop etilgan «Hayvonlar haqida ertaklar» turkumi – II darajali diplom, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining «O‘zbekiston – Vatanim manim» kitobi» — III darajali diplom bilan taqdirlandi.

2010 yilning 3-4 iyun kunlari Moskva shahrida  bo‘lib o‘tgan «Kitobat san’ati» an’anaviy xalqaro ko‘rik-tanlovida mamlakatimiz noshirlari 160 ta kitob va albomlar bilan ishtirok etib, turli  nominasiyalar bo‘yicha beshta  nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi. Xususan, «Ma’naviyat» nashriyoti O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi bilan hamkorlikda chiqargan «Qoraqalpog‘iston fol’klori» albom-kitobi «Hamdo‘stlik» nominasiyasida birinchi o‘ringa, mazkur nashriyotning «O‘zbekiston tabiati» kitob-albomi, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining «Jonivorlar xaritasi. O‘quvchilar uchun», «Mening eng birinchi ensiklopediyam», «Bolalar bog‘chasi uchun sevimli ertaklar» kitoblari turkumi va «San’at» jurnali nashriyotining «O‘zbek tasviriy san’ati antologiyasi» kitob-albomi turli nominasiyalar bo‘yicha uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tayyorlagan «Boburnoma. Minyatyuralar» kitob-albomi ko‘rik-tanlovda rag‘batlantiruvchi sovrin bilan taqdirlandi.

Savol: Matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

Javob: O‘zbekiston Respublikasida matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom» bilan tartibga solinadi. Nizomning internetdagi manzili: /img/struct/8/regpolikpredtiya.doc.


Axborot xizmati - Savollaringizni kutamiz.