Asosiy menu

Sayt haqida


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining veb-sayti tashkilotning Internet tizimidagi rasmiy axborot resursi hisoblanadi.

Asosiy maqsadlar:

- matbuot va axborot borasida davlat siyosatini  go’llab-quvvatlash;

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va jahon hamjamiyatini Agentlik faoliyati bilan xabardorligini tezkor ta'minlash;

- Agentlikning yuridik va jismoniy shahslar bilan aloqasi samaradorligini ta'minlashda ko’maklashish;

- aholini O’zbekiston Respublikasining matbuot va axborot sohalaridagi qonunchilik bazasi bilan tanishtirib borish;

-  Agentlikning axborot olish va tarqatish sohalaridagi faoliyati samarasi va sifatini oshirishda ko’maklashish;

- idoralararo elektron axborot almashuvini tezkor ta'minlash;

- aholiga interaktiv hizmatlar ko’rsatish.

Veb-saytining  tarkibiy mazmuni:

Agentlik veb-saytida  O’zbekiston, Konstitutsiya,  Davlat ramzlari, Qonunlar deb nomlangan mahsus bo’limlar bo’lib, ularda mavzuga tegishli ma'lumotlar bor.

Agentlik haqida, Litsenziyalash, Sertifikaciyalash,  Hujjatlar  bo’limlarida tashkilotga oid ma'lumotlardan tashqari me'yoriy hujjatlar, OAV faoliyati uchun litsenziya olish va sertifikatsiya masalalariga oid tegishli ma'lumotlar berilgan.

Ushbu veb-sayt Agentlik va mamlakat hayotiga oid xabarlar va fotosuratlar berib borishga mo’ljallangan.