Asosiy menu

Matbuot xabarlari

“Matbuotchilar uyi” garov ta’minotidan bekor qilindi, «Toshbozorsavdo» kreditni to‘laydigan bo‘ldi

“Matbuotchilar uyi” garov ta’minotidan bekor qilindi, «Toshbozorsavdo» kreditni to‘laydigan bo‘ldi

“Matbuotchilar uyi” auksioni to‘xtatilgani haqida avval xabar bergan edik. Mazkur masala tafsilotlarini Toshkent shahar hokimligi uza.uz saytiga ma’lum qildi. “Toshbozorsavdo” uyushmasi “O‘zsanoatqurilish” bankidan olingan kredit pullarini o‘z hisobidan to‘laydi.

Qarzga botirgan boshqalar, “uysiz” qolayotgan jurnalistlar

Qarzga botirgan boshqalar, “uysiz” qolayotgan jurnalistlar

Toshkentning markazida joylashgan “Matbuotchilar uyi” 30 yildan ortiq vaqt mobaynida jurnalistlarning ijodiy markazi bo‘lib kelgan. Bu maskanda 1984 yildan buyon ustoz-shogird an’analari bilan qanchadan-qancha jurnalistlar, ijodkorlar yetishib chiqqan. Bu yer ko‘pgina ijodkorlar uchun muqaddas maskan. O‘zbekistonning qaysi viloyatidan bo‘lmasin jurnalistlar poytaxt qalam ahli bilan uchrashish uchun to‘g‘ri matbuotchilar uyiga qarab yo‘l oladi. Bu maskandagi ijodiy muhit va uning o‘tmishi alohida bir kitobga jo bo‘lishga arziydigan mavzu. Afsuski, bugun ushbu bino tarixga aylanish arafasida.