Asosiy menu

Agentlik yangiliklari

O‘zbekiston Xitoy bilan matbaa sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Xitoy bilan matbaa sohasida hamkorlik qiladi

Mamlakatimizda matbaa sanoatini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda jahon mamlakatlarining mazkur sohadagi ilg‘or tajribasini o‘rganib, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish jaryoniga keng tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi mas’ul xodimlari va mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Gunchjou shahrida tashkil etilgan “Matbaa texnologiyalar va uskunalar” Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Qayta mutolaa qildim

Qayta mutolaa qildim

O‘zbek romanchiligiga asos solgan buyuk o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari hali hanuz eng durdona romanlar maqomida turibdi. Bu yozuvchi asarlari badiiyati naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”romanida yozuvchi davr va shaxs fojeasini ochib berishga intiladi. Bunda Anvar va Ra’no kabi qahramonlar taqdiri, ko‘ngil kechinmalari, inson qadr-qimmati, erki va erksizligi kabi tushunchalar o‘quvchi qalbini junbushga keltiradi. Xon tomonidan qilingan zulmning adolatsizligi, ikki qalbning iztiroblariga befarq qaray olmaysiz. Bu asarlarni qayta-qayta o‘qib yangi qirralarini o‘zingiz uchun kashf qilib borasiz. Ushbu asar menda chuqur taassurot qoldirdi.