Asosiy menu

Архив

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubiga doir

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentidan joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga oid maktub keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy davlatlar elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy davlatlar elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Latviya Respublikasi, Isroil Davlati, Germaniya Federativ Respublikasi, Slovakiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Irfon Yusuf Shomiy, Olive Shav, Mixails Popkovs, Eduard Shapira, Gyunter Overfeld, Yan Bori va Szyan Yandan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

"Kitob tarqatuvchilar” assotsiatsiyasi tuziladi

"Kitob tarqatuvchilar” assotsiatsiyasi tuziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi o‘rganish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev Buxoro viloyatiga bordi.

Yerda ham, osmonda ham kitob "tinglaymiz"!

Yerda ham, osmonda ham kitob "tinglaymiz"!

Tasavvur qiling, samolyot yoki poyezdda uzoq safarga otlandik. Masofa olis. Tabiiyki, yo‘lda zerikib qolishimiz mumkin. Beixtiyor samolyot bortida, vagonda o‘rnatilgan monitorga qaraymiz yoki quloqchinni qulog‘imizga tutamiz. Ularda, odatda, bemaza badiiy film namoyish etiladi yoki g‘arbona konsert dasturi beriladi. Shuning o‘rniga milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari asosida tayyorlangan, “oltin fond”larimizda saqlanayotgan radioinssenirovkalar va audiokitoblar qo‘yilsa-chi? Siz bunga nima deysiz?..

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni

2018 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO) munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sananing paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar, uning mohiyati va dunyoda tinchlikni saqlashdagi ahamiyati tilga olindi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga YuNESKOning 7 jildlik “Istoriya chelovechestva” (Insoniyat tarixi) ensiklopediyasi taqdim etildi. Tadbirda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, diplomatik korpus, O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlar vakillari, OO‘Yu talabalari va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.