Dunyodagi eng ko'p o'qilgan kitoblar haqida

Insoniyat qadim zamonlardan o'z tajriba va g'oyalarini avlodlarga meros sifatida qoldirish uchun kitoblar yozib keladi. Shunday kitoblar borki, ular millionlab insonlar tomonidan katta qiziqish bilan o'qiladi. Tadqiqotchilar dunyo tarixida eng ko'p o'qilgan va hozirda ham o'qilayotgan kitoblar ro'yxatini tuzib chiqdilar. Quyida ana shu haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Dunyo tarixida va hozirda eng ko'p o'qilgan va o'qilayotgan kitoblar quyidagilardir:

1.       Qur'oni karim – Bu ilohiy kitob Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga Alloh tomonidan yuborilgan ilohiy ko'rsatmalardir. Ushbu kitobning asl nusxasi arab tilida bo'lib, dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. Qur'oni karim insonlarni islom diniga chaqiradi, Allohga e'tiqodli bo'lish, tinchlik va ezgulik g'oyalarini ilgari suradi.

2.       Bibliya (injil) – Bu ham asli ilohiy kitob bo'lib, Payg'ambar Iso (alayhissalom)ga Alloh tomonidan nozil qilingan. Bu kitob Qur'ondan ilgari kelgan edi. Lekin kitob vaqt o'tishi bilan insonlar tomonidan o'zgartirilib, asl nusxasi yo'qolgan. Shunday bo'lsa ham, undagi ko'p ko'rsatmalar Qur'oni karimga o'xshab ketadi.

3.       Sahihi Buxoriy – Ushbu kitobning muallifi imom al-Buxoriy bo'lib, unda Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ning nasihatlari, qadimda sahobalar davrida bo'lgan voqealar bayon qilingan. Unda insoniyat uchun kerak bo'ladigan nasihatlar, axloq-odob qoidalari, ilm olish, yaxshilik qilish, va boshqa ko'plab mavzular bayon etilgan.

Navbatdagi ro'yxat esa turli davrlarda yozilgan kitoblar bo'lib, ularning qay biri eng ko'p o'qilgani aniq ma'lum bo'lmasa-da, lekin dunyodagi ko'plab mamlakatlarda eng ko'p o'qilgan kitoblar qatoridan o'rin oladi.

Tib qonunlari. Muallifi Abu ali Ibn Sino.

Urush va Tinchlik. Muallifi Lev Tolstoy.

Kalila va Dimna. Muallifi noma'lum. Aytishlaricha, bu kitob tarixda hind podshosining dono vaziri tomonidan yozilgan. Kitobda hayvonlar tilidan insonlardagi xususiyatlar va ularning o'zaro munosabatlari bayon etiladi.

Robinzon Kruzo. Muallifi Daniel Defo.

Insonlar bilan munosabat, Bezovtalikdan qutulish, Notiqlik san'ati. Muallifi Deyl Karnegi.

Masnaviyi-ma’navi. Muallifi Jaloliddin Rumiy. Ushbu kitob turk va fors mutafakkiri Jaloliddin Rumiyning she'riy-falsafiy asaridir. Bu kitob ham dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan.

 

Manba: megadunyo.uz

1 87
Manba api.uz