Asosiy menu

Rahbariyat

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Bosh direktori:

TANGRIEV LAZIZ XUSHBOQOVICH

Elektron manzil: info@api.uz
Telefon: 244-32-87 , 244-14-54
Qabul kunlari: Juma - 15:00-18:00
1968 yil Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan.

Millati - o‘zbek.

Ma'lumoti oliy. 1994 yilda O‘zbekiston Milliy Universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist, magistr. Siyosiy fanlar nomzodi.

1985 yildan Angor tumani “Ilg‘or” gazetasi muxbiri, bo‘lim muduri, mas’ul kotibi;

1991 yildan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy qo‘mitasi tashkiliy bo‘lim yo‘riqchisi, matbuot bo‘limi mudiri;

1996 yildan O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi tashkiliy bo‘limi mudirining o‘rinbosari, matbuot bo‘limi mudiri;

1997 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining madaniyat, ijodiy tashkilotlar ishlari bo‘yicha xizmati konsultanti;

2006 yildan “O‘zbekiston” NMIU direktorining nashriyot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;

2007 yildan “G‘afur G‘ulom” nomidagi NMIU direktori;

2017 yildan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori.
Bosh direktor Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
  • Agentlikning markaziy apparati xodimlarini va hududiy boshqarmalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
  • Bosh direktorning o’rinbosari vazifalarni taqsimlaydi;
  • Agentlikning mansabdor shaxslari, hududiy boshqarmalar, Agentlik tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi, shuningdek ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni va mehnatga haqto’lash fondi doirasida Agentlik markaziy apparatining tuzilmasi va shtat jadvalini, matbuot va axborot hududiy boshqarmalari xodimlari sonini, shuningdek mablag' ajratishning tegishli davri uchun davlat byudjetida tasdiqlangan doirada ularning ta'minoti xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
  • Agentlikning tarkibiy va hududiy boshqarmalari to’g'risidagi nizomlarni, Agentlikka qarashli tashkilotlarning nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari:

ShUKUROV SOBIR SAYFIЕVICH

Elektron manzil: info@api.uz
Telefon: 244-26-50
Qabul kunlari: Payshanba - 15:00-18:00
1973 yil Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumanida tug'ilgan.

Millati - o'zbеk.

Ma'lumoti oliy. 1997 yilda Toshkеnt davlat univеrsitеti, 2010 yilda O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akadеmiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari magistri



1990 yildan Kattaqo'rg'on tumani uy hayvonlari kasalliklariga qarshi kurash stantsiyasi sanitari;

1991 yildan Kattaqo'rg'on poyafzal fabrikasi ishchisi;

1992 yildan Kattaqo'rg'on shahar 16-maktab o'qituvchisi;

1995 yildan Kattaqo'rg'on shahar tеlеstudiyasi suxandoni, muharriri, dirеktor o'rinbosari;

1998 yildan Kattaqo'rg'on tijorat tеxnikumi o'qituvchisi;

2001 yildan O'ztеlеradiokompaniya «Ijtimoiyot va siyosat» muharririyati muharriri, «Axborot» dirеktsiyasi katta muharriri, siyosiy sharhlovchisi;

2006 yildan O'zbеkiston milliy tеlеradiokompaniyasi «O‘zbekiston» tеlеradiokanali» davlat unitar korxonasi «O‘zbekiston» radiokanali «Axborot» dirеktsiyasi katta muharriri, siyosiy sharhlovchisi, Tеlеradiodasturlarni muvofiqlashtirish va rеjalashtirish bo'limi bosh mutaxassisi;

2006 yildan O'zbеkiston milliy tеlеradiokompaniyasi Tеlеradiodasturlarni muvofiqlashtirish va rеjalashtirish bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi, bo'lim boshlig'i;

2009 yildan O'zbеkiston milliy tеlеradiokompaniyasi Tеlеradiodasturlarni monitoring va tahlil qilish bo'limi boshlig'i;

2011 yildan O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va tеlеkommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil dеpartamеnti bosh mutaxassisi;

2015 yildan O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil dеpartamеnti Yoshlar siyosati va ma'naviy rivojlantirish masalalari sho''basining Ommaviy axborot vositalari, poligrafiya va noshirlik ishi masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi;

2016 yildan O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va tеlеkommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil dеpartamеnti Yoshlar siyosati va ma'naviy rivojlantirish masalalari sho''basining Ommaviy axborot vositalari, poligrafiya va noshirlik ishi masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi;

2017 yildan O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, axborot tizimlari va tеlеkommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil dеpartamеnti Yoshlar siyosati va ma'naviy rivojlantirish masalalari sho''basining Ommaviy axborot vositalari, poligrafiya va noshirlik ishi masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi;

2017 yildan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari.
Noshirlik-matbaa sohalarida ishlab chiqarish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va qo’llash, standartlash va sertifikatlash masalalarini hamda tarmoqda davlat standartlari, texnik shartlar va talablarni tadbiq etish ishlarini tashkil etadi.

Matbaa faoliyatini ko’rsatish bo’yicha belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub'yektlar ishi, matbaa xizmatidan foydalanuvchi iste'molchilar huquqlariga amal qilish ustidan davlat nazoratini uyushtirish va amalga oshirish qoida va tartiblarining ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini tashkil etadi.

Agentlik apparatiga va uning tizimidagi korxona va tashkilotlarga yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash masalalarining muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi.


Bosh direktorning o‘rinbosari:

MANSUROV KOMIL TAXIROVICH

Elektron manzil: info@api.uz
Telefon: 244-20-10
Qabul kunlari: Payshanba - 15:00-18:00
1963 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Millati - o‘zbek.

Ma'lumoti oliy. 2001 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini tamomlagan. Matbaa ishlab chiqarish texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassis.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining a'zosi.


1982 yildan Toshkent davlat universiteti laboranti;

1985 yildan Toshkent "Matbuot" poligrafiya ishlab chiqarish birlashmasi graveri, 2-, 3-razryadli probisti;

1986 yildan "Tashselmash" zavodi 2-razryadli graveri;

1987 yildan Toshkent "Matbuot" poligrafiya ishlab chiqarish birlashmasi bosma qolip tayyorlash sexi 3-, 4-, 5-razryadli probisti, ustasi;

1991 yildan Toshkent Poligrafiya kombinati ustasi, katta ustasi, issiqlik texnika sexi boshlig‘i, bosma qolip tayyorlash sexi direktori;

2001 yildan Toshkent Poligrafiya kombinati raqamli texnologiya markazi direktorining o‘rinbosari, raqamli texnologiya markazi boshlig‘i;

2004 yildan "O‘zbekiston" NMIUning raqamli texnologiya markazi boshlig‘i;

2004 yildan "O‘zbekiston" NMIU bosh muhandisi;

2013 yilda "O‘zbekiston" NMIU direktorining iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari;

2013 yildan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari.
Noshirlik-matbaa sohalarida ishlab chiqarish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va qo’llash, standartlash va sertifikatlash masalalarini hamda tarmoqda davlat standartlari, texnik shartlar va talablarni tadbiq etish ishlarini tashkil etadi.



Matbaa faoliyatini ko’rsatish bo’yicha belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub'yektlar ishi, matbaa xizmatidan foydalanuvchi iste'molchilar huquqlariga amal qilish ustidan davlat nazoratini uyushtirish va amalga oshirish qoida va tartiblarining ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini tashkil etadi.



Agentlik apparatiga va uning tizimidagi korxona va tashkilotlarga yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash masalalarining muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi.