O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi to‘g‘risida NIZOM

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 30 dekabrdagi 1038-son qarori bilan tasdiqlangan

 

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, faoliyatini amalga oshirish va hisobot berish tartibini hamda uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
  2. Agentlik ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
  3. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
  4. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 11 avgustdagi PF-5148-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3223-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
  5. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  6. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  7. Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda Agentlikning hududiy bo‘linmalari deb ataladi), Agentlik tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga ega bo‘ladilar.
  8. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi — O‘zMAA;

b) ingliz tilida:

to‘liq nomi: Press and information agency of Uzbekistan — PIAUz;

v) rus tilida:

Uzbekskoye agentstvo po pechati i informatsii — UzAPI.

2-bob. Agentlikning tuzilmasi

  1. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

Agentlikning hududiy bo‘linmalari;

“O‘zbekiston” ijodiy nashriyot-matbaa ijodiy uyi» davlat korxonasi;

“G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasi;

“Oqituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasi;

“Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasi;

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti» davlat korxonasi;

“Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi;

“Ma’muriy binolardan foydalanishni boshqarish” davlat korxonasi;

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;

Agentlikning hududiy bo‘linmalariga idoraviy mansub nashriyotlar.

Oldingi tahrirga qarang.

Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi.

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 apreldagi 297-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018 y., 09/18/297/1096-son)

3-bob. Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalarining vazifalari va funksiyalari

1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari:

  1. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatiga doir qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash;

2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish;

3) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga oid qonun hujjatlariga, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, so‘z va axborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalarining bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;

4) axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot sohasidagi tahdidlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

5) jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, elektron va audiokitoblar yaratish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;

6) ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va bajarish;

7) o‘zbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirish, mahalliy nashriyotlarga o‘z mahsulotlarini xalqaro kitob bozoriga olib chiqishda ko‘maklashish;

8) axborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida respublika fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qatnashish;

9) media bozorda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ommaviy axborot vositalariga teng sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

10) noshirlik va matbaa tarmoqlarining texnik-texnologik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, standartlashtirish va sertifikatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

11) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga doir milliy va xorijiy tanlovlar, ko‘rgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

12) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tegishli xorijiy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

  1. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1) ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatiga doir qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash sohasida:

qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan tartibda va doirada kasbiy faoliyat doirasida ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlash vakolatlarini amalga oshiradi;

matbuot va ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish sohasida:

ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajaradi;

ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va joriy etishda ishtirok etadi;

3) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga oid qonun hujjatlariga, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, so‘z va axborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalarining bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish sohasida:

nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari va respublika axborot makoni boshqa ishtirokchilari tomonidan axborot va noshirlik sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi;

qonun hujjatlariga, litsenziya, ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, matbaa korxonalari tomonidan qonun hujjatlari muntazam bajarilmasligi hollari aniqlanganda — litsenziyalar va ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi guvohnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi;

4) axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot sohasidagi tahdidlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

axborot makonidagi turli tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda, bolalarni ularning sog‘ligiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan himoya qilishda ishtirok etadi;

mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ularda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, ma’naviyatni oshirish masalalarida ommaviy axborot vositalarining faoliyatini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;

shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

5) jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, elektron va audiokitoblar yaratish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida;

aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishda, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual va ma’naviy kamol topishida kitobning o‘rni va ahamiyatini oshirishda ishtirok etadi;

axborot-kutubxona muassasalari fondini ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan muntazam boyitish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

nashriyotlarning mavzular rejasini tahlil etish asosida metodik tavsiyalar berish orqali kitoblarning sifati va ijtimoiy ahamiyatini oshirishga ko‘maklashadi;

6) ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va bajarish sohasida:

nashriyotlarda ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etish va nusxasini ko‘paytirish bo‘yicha maqsadli dasturlar tayyorlanishini tashkil etadi;

miliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari nusxasini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy-moliyaviy loyihalar tayyorlash, ularni moliyalashtirish tizimini hamda aholi, ayniqsa yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan intellektual ehtiyojini qondirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi;

7) o‘zbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirish, mahalliy nashriyotlarga o‘z mahsulotlarini xalqaro kitob bozoriga olib chiqishda ko‘maklashish sohasida:

xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishi va matbaa sohasidagi tajribasini o‘rganadi, ularning maqbul jihatlaridan foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;

o‘zbek tili va adabiyotini, xalqaro bozorlarda milliy adabiyot va kitob mahsulotlarining maqomini oshirishni targ‘ib qilishda ishtirok etadi;

8) axborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida respublika fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qatnashish sohasida;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan bog‘liq hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

davlat organlari faoliyati ochiqligini, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning axborot olishi darajasini tizimli tahlil etishda, ularning samarali o‘zaro hamkorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilashda ishtirok etadi;

yuridik va jismoniy shaxslarni ommaviy axborot vositalari orqali noxolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan axborot tarqalishidan himoya qilishga ko‘maklashadi;

9) media bozorda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ommaviy axborot vositalariga teng sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:

ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida sog‘lom raqobatni rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi;

ommaviy axborot vositalarining mulkchilik shakllaridan qat’i nazar rasmiy axborotdan teng huquqli foydalanishini ta’minlaydi.

10) noshirlik va matbaa tarmoqlarining texnik-texnologik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, standartlashtirish va sertifikatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

noshirlik-matbaa sohasida texnik tartibga solish hamda texnikaviy hujjatlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;

Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarini rivojlantirishga doir prognoz parametrlar va dasturlarni ishlab chiqadi;

idoraviy mansub tashkilotlarda matbaa uskunalarini yangilash, modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish hamda xalqaro tashkilotlarning kreditlaridan keng foydalanishga ko‘maklashadi va bu borada maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi;

har tomonlama tahlil qilish asosida noshirlik va matbaa sektorining texnik-texnologik bazasini yanada rivojlantirish, ushbu sohani standartlash va sertifikatlash bo‘yicha takliflar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

11) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga doir milliy va xorijiy tanlovlar, ko‘rgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish sohasida:

ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa faoliyati va axborot-kutubxona ishi sohasida milliy va xalqaro tanlovlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va mavzuli ekspozitsiyalarni tashkil etish masalalarida metodik tavsiyalar berish yo‘li bilan ko‘maklashadi;

o‘zbek adabiyotini chet elda ommalashtirishga yo‘naltirilgan xalqaro festivallar va bayramlarni tashkil etish masalalarida jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

12) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tegishli xorijiy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

matbuot va axborot hamda axborot-kutubxona ishi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;

ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va metodik yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlaydi;

Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etadi.

2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) axborotni ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonunchilik ijrosi bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rish;

2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

3) matbuot, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, shuningdek, axborot-kutubxona ishi sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tomonidan texnik tartibga solish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan sifatli monitoring va nazoratni tashkil etish;

4) Agentlikning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda axborot xavfsizligini ta’minlashga, axborot sohasidagi tahdidlarning oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

5) kitoblar nashr etishni, nusxasini ko‘paytirishni va tarqatishni qo‘llab-quvvatlash, elektron va audiokitoblar yaratish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni tashkil etishga doir samarali tadbirlarni amalga oshirish;

6) hududiy bo‘linmalar bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etishga doir maqsadli dasturlarni tayyorlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

7) o‘zbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;

8) axborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida fuqarolar, tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;

9) ommaviy axborot vositalari tahririyatlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, huquqlari va erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish va amalga oshirish;

10) modernizatsiya qilishni sifatli rejalashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, standartlash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish maqsadida matbaa sektorini o‘rganish va tahlil qilish, matbaa sektorining ishlab chiqarish salohiyatini inventarizatsiya qilish;

11) milliy va xalqaro tanlovlar, ko‘rgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etishda ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, matbaa hamda kutubxona tashkilotlariga ko‘maklashish;

12) matbuot va ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va tajriba almashishni rivojlantirishga doir tadbirlarni tashkil etish.

  1. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;

1) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha bosma ommaviy axborot vositalariga maslahatlar beradi va metodik yordam ko‘rsatadi;

2) jamiyatning demokratik institutlarini yanada rivojlantirishda, ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda ishtirok etadi;

3) bosma ommaviy axborot vositalari bozorini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga ko‘maklashadi;

4) o‘z vakolatlari doirasida Agentlikning bosh direktori va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

5) Agentlik faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni tashkil etadi;

6) Agentlik rahbariyati uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmog‘i, axborot-kutubxona ishini rivojlantirish tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;

7) noshirlik faoliyatini litsenziyalash, ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni rivojlantirishga oid masalalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axboriy, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;

8) matbaa korxonalari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

9) keyinchalik Vazirlar Mahkamasining noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasiga kiritish uchun zarur hujjatlarni shakllantiradi;

10) quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining yagona reyestri;

O‘zbekiston Respublikasida matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yagona davlat reyestri;

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi nashriyotlar davlat reyestri yuritilishini ta’minlaydi;

11) noshirlik-matbaa ishi, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishini rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqadi;

12) Agentlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;

13) nashriyotlar, matbaa korxonalari, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona muassasalari faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;

14) Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

15) Agentlikning hududiy bo‘linmalari va Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

16) bosma ommaviy axborot vositalari, kitob nashr etish, nusxasini ko‘paytirish va tarqatish, axborot-kutubxona ishining dolzarb masalalarini kun tartibiga kiritish, Agentlikning hay’at yig‘ilishlari va majlislarida ko‘rib chiqish uchun tayyorlaydi va ushbu masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda qatnashadi;

17) kitoblar, bosma ommaviy axborot vositalarining nazorat nusxalarini to‘playdi, ularni o‘rganib chiqadi va baholaydi;

18) Agentlikning hududiy bo‘linmalari, Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tashkil etadi;

19) har tomonlama tahlil qilish asosida mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va ma’naviyatini oshirish maqsadida ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi;

20) yoshlarni ma’naviy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, mazmuniga ko‘ra madaniy va milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan sifatsiz adabiyotlar nashr etilishining oldini olishga doir tadbirlarni tashkil etadi;

21) yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, mazmuniga ko‘ra madaniy va milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan sifatsiz adabiyotlar nashr etilishining oldini oladi;

22) Agentlik rahbariyati bilan kelishgan holda kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha bosma va elektron shakldagi tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;

23) ilmiy-texnik, badiiy adabiyotlar, ensiklopediyalar va har xil yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotnomalarni lotin yozuvi asosida o‘zbek tilida nashr etishni yanada kengaytirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

24) elektron va audiokitoblarni ishlab chiqarish, ushbu mahsulotlarni maqbul narxlarda xarid qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

25) kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun muntazam ravishda ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda shu maqsadda respublika tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

26) O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga javob beradigan ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

27) O‘zbekiston Respublikasi va chet elda kitob nashr etish va kitob tarqatish tarmog‘ini rivojlantirishning holati, tendensiyalari va istiqbollariga doir statistik va boshqa ma’lumotlarni keng kitobxonlar jamoatchiligiga yetkazish maqsadida to‘playdi va tahlil qiladi;

28) Agentlik vakolatiga kiradigan idoralararo kengashlar, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida qatnashadi;

29) matbuot, nashriyot, matbaa va axborot-kutubxona ishiga oid xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganadi, ularning maqbul jihatlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

30) milliy adabiyotning eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqadi va ularni sifatli nashr etish va moliyalashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi;

31) Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan hujjatlarni sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqishni, ularni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etadi;

32) Agentlik vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlar masalasi, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi;

33) fuqarolarni qabul qiladi, ularning og‘zaki va yozma murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda qarorlar qabul qilinishi va ariza beruvchilarga javob yuborilishini ta’minlaydi;

34) ommaviy axborot vositalarini texnologik rivojlantirish va mazmunan boyitishga ko‘maklashadi;

35) o‘z vakolatlari doirasida jurnalistlar va boshqa shaxslarning rasmiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishiga doir huquqlarini ta’minlashda ishtirok etadi;

36) xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda asbob-uskunalar va materiallarni xarid qilish, biznes-rejalarni ishlab chiqishda idoraviy mansub tashkilotlarga maslahat yordami beradi;

37) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi, ularni iqtisodiy rivojlantirishga doir konsepsiya va istiqbollarni belgilaydi;

38) noshirlik va matbaa sektori, matbaa mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash masalalariga metodik yordam ko‘rsatadi;

39) tarmoqni rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik vazifalarni hal etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

40) matbaa sektorini muntazam tahlil qilib boradi, uning ishlab chiqarish salohiyatini inventarizatsiya qiladi;

41) ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etish va o‘tkazish maqsadida xalqaro hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

42) xorijda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarda milliy kitoblar hamda kitob nashr etishni va matbuot tarmog‘ini keng namoyish etgan holda chet elda xalqaro ko‘rgazmalarda milliy ekspozitsiyalar tashkil etilishiga ko‘maklashadi;

43) o‘zbek tilidagi kitoblarni ommalashtirishga yo‘naltirilgan taqdimotlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda metodik va axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlaydi;

44) matbuot va axborot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazishga ko‘maklashadi;

45) matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etadi, ushbu yo‘nalishlarda ma’muriyatchilikning xalqaro tajribasidan foydalanadi;

46) elektron kataloglar, kutubxonalar tashkil etish va ulardan keng foydalanish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi;

47) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;

48) Agentlik tomonidan yuqori tashkilotlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik amalga oshirilishini ta’minlaydi.

3-§. Agentlik hududiy bo‘linmalarining vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Agentlik hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish, ularning ijrosi bo‘yicha tadbirlarni joylarda tashkil etish va o‘tkazish;

2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;

3) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya etish, tegishli hududda so‘z va axborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalari bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

4) aholining huquqiy madaniyatini oshirishga, uning fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanishiga, ma’naviyati o‘sishiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

5) kitoblarni va kitobxonlik madaniyati an’analarini targ‘ib qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish bo‘yicha faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, elektron va audiokitoblar yaratish yo‘li bilan aholi ma’naviyatini oshirish;

6) nashriyot tashkilotlariga ular faoliyati va adabiy ijodni rivojlantirish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;

7) milliy adabiyot va kitob mahsulotlari nufuzini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

8) tegishli hududda axborot tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish ustidan monitoring olib borish;

9) mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tegishli hududda ommaviy axborot vositalari uchun teng sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish;

10) noshirlik va matbaa sektorining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, uni modernizatsiya qilishga va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

11) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida hududiy tanlovlar, ko‘rgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

12) matbuot va axborot, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasiga xalqaro tajribani joriy etish.

  1. Hududiy bo‘linmalar ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) o‘z vakolatlari doirasida viloyatlarda ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlaydi;

2) matbuot va ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi;

3) ommaviy axborot vositalari sohasida qonun hujjatlari talablarini tushuntirish bo‘yicha har xil seminarlar tashkil etadi;

4) ustun darajada bir viloyat hududida tarqatishga mo‘ljallangan davriy bosma nashrlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

5) o‘z vakolati doirasida Agentlik bosh direktori va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi;

6) tegishli hududda nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbuot tarmog‘i, axborot-kutubxona ishi tendensiyalari to‘g‘risida Agentlik rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;

7) ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;

8) viloyatda noshirlik-matbaa ishini, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishini rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqadi;

9) kitob nashr etish, ommaviy axborot vositalari, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va Agentlik rahbariyatiga kiritadi;

10) nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, televideniye, radio va axborot bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan axborot va noshirlik ishi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi;

11) qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi, ommaviy axborot vositalari tomonidan qonun hujjatlari muntazam bajarilmasligi holatlarida esa — ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtash va ularni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalar bilan belgilangan tartibda sudlarga murojaat qiladi;

12) viloyatda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

13) tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari hisobini yuritadi;

14) viloyatda bosma ommaviy axborot vositalarining nazorat nusxalarini to‘playdi, o‘rganadi va baholaydi;

15) mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, ma’naviyatini o‘stirish masalalarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;

16) yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mazmuniga ko‘ra sifatsiz, madaniy va milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan adabiyotlar nashr etilishining oldini oladi;

17) tegishli hududda axborot makonida har xil tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazadigan axborotdan himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradi;

18) viloyatlarda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishda, intellektual va ma’naviy barkamol o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda kitoblarning roli va ahamiyatini oshirishda ishtirok etadi;

19) axborot-kutubxona muassasalari fondlari ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan muntazam to‘ldirib borilishi yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

20) kitobxonlik madaniyatini oshirish va ushbu maqsadda mintaqaviy tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni tashkil etadi;

21) viloyatda kitobxonlikni ommalashtirishning samarali va barqaror mexanizmi yaratilishida ishtirok etadi;

22) ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha mavzular rejasini shakllantirish masalalarida noshirlik tashkilotlariga axborot jihatidan va metodik yordam beradi;

23) viloyatda adabiy ijod rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi;

24) keyinchalik xorijiy tillarga tarjima qilish uchun milliy adabiyotning eng yaxshi asarlari ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha takliflarni Agentlik rahbariyatining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;

25) milliy adabiyotning olg‘a siljishi uchun qulay axborot muhiti va elektron resurslardan foydalanish sharoitlari shakllantirilishida ishtirok etadi;

26) ushbu yo‘nalishda ommaviy axborot vositalari va boshqa bosma mahsulotlar orqali reklama va e’lonlar tarqatilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi, davlat va jamiyat manfaatlariga, odob-axloq va ma’naviyatning umumiy e’tirof etilgan normalariga, qonun hujjatlari talablariga rioya etish chora-tadbirlarini ko‘radi;

27) fuqarolar, tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborotni olish, tarqatish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

28) professional faoliyatda ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;

29) o‘z vakolatlari doirasida jurnalistlar va boshqa shaxslarning rasmiy axborotdan foydalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashda ishtirok etadi;

30) viloyatda ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

31) korxonalarda matbaa asbob-uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, noshirlik-matbaa sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning kreditlaridan keng foydalanish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi;

32) viloyatda matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlash masalalarida metodik yordam beradi;

33) ommaviy axborot vositalari va noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mintaqaviy tanlovlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etilishiga ko‘maklashadi;

34) mavzuli, shu jumladan, o‘zbek yozuvchilarining yubileylariga va xotirlash sanalarga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmalarini tashkil etadi va o‘tkazadi;

35) matbuot va axborot, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida ilmiy konferensiyalar o‘tkazishda ishtirok etadi;

36) tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikda ishtirok etadi, ushbu yo‘nalishlarda ma’muriyatchilikning xalqaro tajribasidan foydalanadi;

37) elektron kataloglar va kutubxonalarni shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

38) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi.

4-bob. Agentlik va uning bo‘linmalarining huquqlari va javobgarligi

1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi

  1. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda olish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

Agentlik va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;

Agentlikning, uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ko‘rib chiqish uchun kiritish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha xalqaro darajada belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;

tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari bilan hamkorlik qilish;

so‘z erkinligini ta’minlash, davriy nashrlarni tarqatish, axborot almashish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash sohasida, shuningdek, axborot sohasida xavfsizlik, tahdidlarning oldini olish, noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, matbaa korxonalarini modernizatsiya qilish, bosma mahsulotlar sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish masalalarini hal etish uchun yuqori malakali mutaxassislarni pulli asosda jalb etish;

norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish, ilmiy tashkilotlarning ekspert, tadqiqot ishlari va maslahatlashuvlari uchun davlat organlari xodimlarini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish, vaqtinchalik ijodiy jamoalar tashkil etish;

ommaviy axborot vositalari, noshirlik faoliyatini standartlashtirish va sertifikatlash, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlariga metodik yordam berish, faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat maslahat organlari tuzish;

matbuot va axborot sohasidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish;

o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Agentlik:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;

Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishish so‘zsiz ta’minlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlar, tarmoqning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirilishi;

kitob nashr etish, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishi sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash va himoya qilish uchun javob beradi.

2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

  1. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

masalalarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, Agentlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni hududiy bo‘linmalardan va idoraviy mansub tashkilotlardan so‘rash va olish;

Agentlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;

Agentlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

Agentlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

Agentlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega.

Agentlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Agentlikning markaziy apparati:

Agentlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Agentlikning hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha Agentlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;

Agentlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi;

tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlar, nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmog‘ining muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;

kitob nashr etish, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishlari sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.

3-§. Agentlikning hududiy bo‘limlari huquqlari va javobgarligi

  1. Hududiy bo‘linmalar ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘limlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

Agentlik vakolatiga tegishli bo‘lgan sohada muhim muammolarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ko‘rib chiqishi uchun kiritish;

tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

mintaqalarda ommaviy axborot vositalari, standartlashtirish va sertifikatlash, noshirlik faoliyati, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlariga metodik yordam berish faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat maslahat organlarini shakllantirish;

matbuot va axborot sohasidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.

  1. Hududiy bo‘linmalar:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

Agentlikning hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash;

har tomonlama va chuqur tahlil qilish va aniqlangan muammolarni umumlashtirish asosida tegishli viloyatda ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi;

nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tegishli viloyatda samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;

bosma ommaviy axborot vositalari reyestri yuritilishi va axborot uzluksiz yangilanishi;

ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari mahsulotlarining sifati oshirilishi uchun javob beradi.

5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari

  1. Quyidagilar Agentlik bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Agentlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan ushbu organga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

10) Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

13) faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida», «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

14) «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida», «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish);

16) Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida» 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va «Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

17) o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

18) Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

19) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash;

20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

21) Agentlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

26) Markaziy apparat va uning hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni, Agentlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

27) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;

28) Agentlik markaziy apparati xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar, shuningdek, hududiy bo‘linmalar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

29) Agentlik markaziy apparati, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

30) Agentlik markaziy apparatining tuzilmasi va shtat jadvalini, xodimlarning belgilangan soni doirasida hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarning sonini tasdiqlash.

  1. Quyidagilar Agentlik bosh direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) Agentlik rahbari vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqi