O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Folklorshunos olim, akademik Tura Mirzaev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Folklorshunos olim, akademik Tura Mirzaev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqimizning milliy bayrami - Navro‘z ayyomi munosabati bilan “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” shiori ostida badiiy, madaniy-ma’rifiy turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Turkum tadbirlar doirasida folklorshunos olim, akademik Tura Mirzaev bilan “Biz Navro‘zni o‘rganamiz” deb nomlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitobxonlari ishtirok etdilar.

“Tarlan” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Tarlan” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iste’dodli yozuvchi va tarjimon Tog‘ay Murodning rus tiliga tarjima qilingan "Tarlan" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Moskvadagi "RIPOL klassik" nashriyotida chop etilgan mazkur kitob taqdimotida shoir Vafo Fayzullo, filologiya fanlari nomzodi Abdulla Ulug‘ov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xorijiy mamlakatlar bilan aloqa qilish bo‘limi boshlig‘i A.Alimbekov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Sh.Qurbon hamda tarjima mualliflari Vadim Murodxonov va Suhbat Aflotuniylar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi Milliy kutubxonada “Bahor tongi” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi Milliy kutubxonada “Bahor tongi” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi

2018 yil 6 mart kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster va pedagog Qunduz Mirkarimova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor tongi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada san’atkorning bosib o‘tgan ijod yo‘lidan so‘zlovchi kitoblar, Qunduz Mirkarimova kasbdoshlari va shogirdlari hikoyalari va raqslari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni

2018 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO) munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sananing paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar, uning mohiyati va dunyoda tinchlikni saqlashdagi ahamiyati tilga olindi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga YuNESKOning 7 jildlik “Istoriya chelovechestva” (Insoniyat tarixi) ensiklopediyasi taqdim etildi. Tadbirda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, diplomatik korpus, O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlar vakillari, OO‘Yu talabalari va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.