O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Shavkat Mirziyoyev Maykl Pompeo bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Maykl Pompeo bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamentiga tashrif buyurdi. AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, tashqi siyosat mahkamalari aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohasida muhim kelishuvlar imzolandi

AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohasida muhim kelishuvlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida ikkita kelishuvni imzoladi. Bu haqda AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.