O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Tashkilotlar

"O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi


"O'zbekiston" NMIU - O'zbekistondagi eng yirik nashriyot-matbaa ijodiy uyi hisoblanadi. U O'zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiradi. 2004 yili "O'zbekiston", "Mehnat", "O'zblanknashr" va Toshkent matbaa kombinati bazasida "O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil etildi. Uning tarmog'iga bolalar nashrlari - "Gulxan", "G'uncha" jurnallari, "Tong yulduzi", "Klass", "Sog'lom avlod", "Zerkalo XXI", "Kitob dunyosi" gazetalari tahririyatlari kiradi.

"O'zbekiston" nashriyoti 1925 yili O'rta Osiyo davlat nashriyoti negizida O'zbekiston davlat nashriyoti (O'zdavnashr) sifatida tashkil etilgan. 1964 yili "O'zdavnashr" "O'zbekiston" nashriyoti etib qayta nomlangan. Nashriyot ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop, huquqiy, ishlab chiqarish, texnik, qishloq xo'jaligi, ma'lumotnoma va huquq adabiyotlarini nashr etishga ixtisoslashgan edi.

Toshkent matbaa kombinati respublikada eng yirik matbaa korxonalaridan biri bo'lib, u 1967 yili 3- va 5- bosmaxonalar negizida tashkil etilgan. Bu erda xalq iste'moli uchun zarur bo'lgan matbaa mahsulotlarining barcha turlari ishlab chiqarilgan. "O'zblanknashr" nashriyoti 1922 yili "Ñîþçó÷åòèçäàò" nashriyotining O'zbekiston bo'limi negizida tashkil etilib, barcha turdagi blankalarni, shu jumladan, statistik hisobot blankalarini ham ishlab chiqargan.

1985 yili tashkil etilgan "Mehnat" nashriyoti iqtisodiy, ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, oliy o'quv yurtlari, umumta'lim maktablari, litseylar, kollejlar uchun darslik va o'quv qo'llanmalar nashr etishga ixtisoslashgan edi.

"O'zbekiston" NMIU O'zbekiston Respublikasi qonunlari va respublika hukumati qarorlarini, boshqa rasmiy materiallar va normativ hujjatlarni nashrga tayyorlaydi va chop etadi. Bu yerda, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, yuridik adabiyotlar, umumta'lim maktablari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari uchun darsliklar, uslubiy qo'llanmalar va boshqa o'quv adabiyotlari nashr etadi. Darsliklar o'zbek, rus,qozoq, qirg'iz, turkman, tojik tillarida chop etiladi. Ilmiy-ommabop, badiiy va ma'lumotnoma adabiyotlar, lug'atlar, tasviriy mahsulotlar, fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, kalendarlar, plakatlar, ko'rgazmali qo'llanmalar, jurnallar, gazetalar o'zbek, qardosh va chet tillarida nashr etiladi. "O'zbekiston" NMIUning matbaa bazasida xalq iste'moli uchun zarur bo'lgan bosma mahsulotlar - turli blankalar, maktab jurnallari, programmalar, qog'oz mahsulotlari bosib chiqariladi. "O'zbekiston" NMIUning gazeta sexida zamonaviy rangli gazetalar bosiladi. Bugungi kunda sexda 20 dan ortiq nomdagi gazetalar va jurnallar chiqariladi.

Direktor: Isadjanov Zoir Tursunboevich
Tel.: (99871) 244-34-01

Manzil: 100129 Toshkent. Navoiy, 30.
Telefon: 244-37-81
Faks: 244-38-10
e-mail: artpk@ars.uz , iptduzbekistan@mail.ru

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi


"O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi 1936 yilda tashkil etilgan bo'lib, dastlab "O'quvpeddavnashr", keyinroq "Oliy va o'rta maktab", "O'qituvchi" nashriyoti nomi bilan faoliyat ko'rsatib kelgan. 2004- yil sentabr oyidan boshlab O'zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2004- yil 24- iyuldagi 95- sonli buyrug'iga muvofiq Toshkent kitob-jurnal fabrikasi bilan birlashib, "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi sifatida faoliyat olib bormoqda. "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi darsliklar, turli qo'llanmalar, keng kitobxonlar ommasi uchun adabiyotlar, ma'lumotnomalar, lug'atlar, bolalar uchun turli adabiyotlar va boshqa turdagi bosma mahsulotlarni chop etish bo'yicha 70 yildan ortiq tajribaga ega. Nashriyot-matbaa ijodiy uyi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Respublika ta'lim markazi, respublikadagi deyarli barcha oliy o'quv yurtlari, ilmiy tadqiqot va malaka oshirish institutlari, keng mualliflar jamoasi, taqrizchilar, maxsus muharrirlar hamda boshqa turli buyurtmachi tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. 

"O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi o'z nomidan kelib chiqqan holda o'z yo'nalishiga ega bo'lib, respublikamizdagi ko'plab o'qituvchilar — fan fidoyilari bilan hamkorlikda ishlab keladi. Nashriyot-matbaa ijodiy uyida bir qancha sohalar bo'yicha tahririyatlar mavjud bo'lib, ularda ona tili, adabiyot, fizika, matematika, pedagogika kimyo, tarix, geografiya, rus tili, chet tillar bo'yicha malakali muharrirlar, mutaxassislar faol mehnat qilib keladilar. Nashriyotda shuningdek, kompyuter texnikasi sohasida o'z ishining ustasi bo'lgan malakali kompyuterchilar, rassom-dizaynerlar mavjud. 

Nashriyot-matbaa ijodiy uyi umumta'lim maktablari uchun darsliklarni lotin imlosiga asoslangan o'zbek alifbosida, shuningdek, rus, tili, chet tili hamda qozoq, qirg'iz, tojik, turkman va qoraqalpoq tillarida chop etmoqda. Nashriyot maktab darsliklaridan tashqari akade¬mik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o'quv yurtlari uchun ham darslik va qo'llanmalarni nashr etadi. Darsliklar yaxshi qog'ozda chop etilishi, badiiy bezalishi va yuqori matbaa ijrosi bilan ajralib turadi. "Ona tili", 4- sinf, "O'zbek tili", 4- sinf "Matematika", "Jismoniy tarbiya", 3—9- sinflar, "Ingliz tili" 5—8- sinflar, "Nemis tili", 5—8- sinf, "Astronomiya" darsliklarini hamda Xalq ta'limi vazirligining tanlovlari g'olibi bo'lgan "Algebra" 7—9- sinflar, "Geografiya" 6—7- sinflar darsliklarini hamda shu darsliklarning o'qituvchilarga mo'ljallangan metodik qo'llanmalarini va boshqa bir qator darsliklarni bularga misol qilib keltirish mumkin. 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun chop etilgan darslik va qo'llanmalarning mavzulari ham rang-barangligi bilan ajralib turadi. Jumladan, "O'zbekiston tarixi", "Bolalar adabiyoti", "Xirurgiya", "Texnik chizmachilik", "Kimyo", "Astronomiya", "Algebra", "Fizika" va boshqalar shular jumlasidandir. Nashriyot-matbaa ijodiy uyi maktab yoshidagi bolalar va kichkintoylar uchun yangi imloni o'rganishga oid "Kichkintoylar alifbosi", "Maktabga tayyorlanamiz" "Sanashni o'rganaman", "Matematika" "Husnixat" singari kitoblar bilan birga bolalar uchun uch jildlik "O'zbek xalq ertaklari", "Rus xalq ertaklari", "O'zbekcha-ruscha rasmli lug'at", "O'zbekcha-inglizcha-ruscha so'zlashgich" va boshqa bir necha xil lug'atlarni, shuningdek, ikki jildlik "O'zbek bolalar adabiyoti antologiyasi", "Qobusnoma", "O'zbek taomlari" singari kitoblarni ko'pchilikka manzur bo'ladigan qilib, sifatli va chiroyli bezakli qilib nashr etdi. 

Ayniqsa "Boburnoma" hamda "Boburnoma. Miniaturalar" ikki jildlik kitoblarining hozirgi o'zbek adabiy tilida chop etilishi katta voqea bo'ldi. Ushbu kitob Moskvada har yili o'tkaziladigan "Kitob yaratish san'ati" xalqaro ko'rgazmasida Nufuzli diplomga ega bo'ldi. "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi darsliklar, boshqa turdagi xilma-xil kitoblar chop etish, shuningdek, turli matbaa mahsulotlari — plakatlar, daftarlar, albomlar, kundaliklar, turli xil qog'oz mahsulotlari, taklifnomalar, bukletlar, yubiley papkalari, reklama-axborot bosma mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy matbaa texnikasiga ega bo'lib, buyurtmalarni tez va sifatli bajarishni kafolatlaydi. "O'qituvchi" NMIU ning matbaa bazasi to'liq yakunlangan texnologik ishlab chiqarish siklidan iborat. 

Direktor: Xudaykulov Rustam Suleymanovich
Tel.: (99871) 224-05-61

Manzil: Toshkent, 100129 
Yunusobod tumani, Murodov ko'chasi, 1-uy, "O'qituvchi" NMIU;
Tel: (+99871) 224-05-61 
e-mail: uqituvchi_nmiu@mail.ru

G‘AFUR G‘ULOM nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi O’zbekiston Matbuot va ahborot agentligi tizimiga kiradi. O’zbekiston Davlat matbuot qo’mitasining 2002 yil 10 apreldagi 30-sonli buirug’iga binoan G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, «Yozuvchi» hamda Rangli bosma fabrikasi negizida G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil etildi. Asosiy faoliyati yuqori sifatli raqobatbardosh badiiy va o’quv adabiyotlari, bosma mahsulotlarini yaratish va chop etish, aholining bosma mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, iste'mol mollari ishlab chiqarish. 

Noshirlik faoliyati o’zbek mumtoz adabiyoti, millii madaniy meros, hozirgi zamon adabiy-badiiy hamda san'at asarlari, jahon adabiyoti namunalarini o’zbek tilida, o’zbek adabiyotidan qilingan tarjima asarlarini chet tillarda nashr etish va targ’ib qilish, kitobhonlarning badiiy adabiyot, san'at asarlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. 

jodiy uiyda Alisher Navoiyning 15 jildlik asarlar majmuasi, Firdavsiining «Shohnoma», Mashrab, Bedil, Bobur, Nodira, Uvaisiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, G’afur G’ulom, Oybek, Mirtemir, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov shuningdek, jahon adabiyotining atoqli namoyandalaridan Lev Tolstoy, Stendal', Gi-de Mopassan, Jek London, S.Cveig, K.Doil, R.Tagor, E.Heminguey, Nodar Dumbadze, A.Shirvonzoda, Aziz Nesin, Chingiz Aitmatov kabi ko’plab mashhur ezuvchi va shoirlarning asarlari chop etilgan. 

Direktor: Tangriyev Laziz Xushboqovich
Tel.: (99871) 241-35-47

Manzil: 100128. Toshkent. Shaihontohur ko’chasi, 86-uy. 
E-mail: info@gglit.uz
Telefonlar: 241-48-67, 241-25-24, 241-83-29, 241-16-12

CHO‘LPON nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


Ijodiy jamoa asosan bolalar adabiyotini chop etishga ixtisoslashgan Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi mustaqil Respublikamizning o‘sib kelayotgan yosh avlodini har tomonlama komol topishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Ijod uyida Respublikamizda va chet ellarda mashhur bo‘lgan o‘zbek shoir va adiblarining yosh avlodning dunyoqarashini shakllanishi va mustaqil yurtimizdan faxrlanish tuyg‘ularini tarbiya topishiga yordam beruvchi asarlari hashr qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda jahon bolalar adabiyotining eng sara namunalari o‘zbek va rus tillarida chop etilmoqda. Zamonaviy kompyuter texnologiyalariga ega bo‘lgan Ijod uyi jamoasi tomonidan ko‘p asrlik tarixga va madaniyatga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va udumlarini aks ettiruvchi kitoblar allaqachon o‘z o‘quvchilarini topgan.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida turli yoshdagi o‘uvchilarning iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beruvchi adabiyotlar ham nashr etilmoqda.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun turli mavzudagi ranli kitobchalar chiqarishga katta etibor berilmoqda. Shu bilan bir qatorda nafaqat o‘zbek tilida balki, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, qoraqalpoq tillarida ham umumta’lim maktablari uchun darsliklar chop etilmoqda.

Oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey va kasib-hunar kollejlari o‘quv dasturlari yo‘nalishi bo‘icha darslik va o‘quv qo‘llanmalarni chop etish ishlari amalga oshirilmoqda. Ijod uyi xorin investitsiya va yangi texnalogiyalarni jalb etish bo‘yicha ham amaliy faoliyat olib bormoqda. Ijod uyi Respublikamizda va xorijiy davlatlarida o‘tkaziladigan turli xildagi kitob ko‘rgazmalarning doimiy ishtirokchisi sanaladi.

Ijod uyi bilan hamkorlik qilar ekansiz nafaqat tafakkuringizni boyitasiz, balkim farzandlaringizni ham dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatasiz. 

Direktor: Ishmuxammedov Ulug‘bek Baxodir o‘g‘li   
Tel.: (99871) 244-58-55

Manzil: 100129 Toshkent sh. Navoiy, 30.
Tel: (99871) 244-10-45 
Faks (99871) 244-30-94 
е-mail: chulpan@sarkor.uz

"O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti


Ko‘p jildli O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, soha ensiklopediyalari, izohli va ko‘p tilli lug‘atlar, ma’lumotnomalar tayyorlash va nashr etishga ixtisoslashgan ilmiy-ma’rifiy muassasa. Dastlab O‘zbekiston hukumatining "O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasini tashkil etish haqida"gi qarori (1968-yil 18-yanvar) bilan Toshkentda O‘zbekiston FA tarikibida (O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutining 1965-yil tuzilgan ensiklopediya bo‘limi negizida) O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1990-yildan 1997-yilga qadar "Qomuslar Bosh tahririyati" deb yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 154-sonli qarori bilan "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotiga aylantirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti qo‘shilishi munosabati bilan qayta tashkil etilgan. Muassis O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi.

Nashriyotning asosiy faoliyati jamiyat hayotining barcha sohalari bo‘yicha ensiklopedik nashrlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy merosi, qadriyatlari, tibbiyoti, sport va boshqa nashrlarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishdan iborat.

Nashriyotda 2007-yil 1-yanvarga 6 ta ilmiy tahririyat: Ilmiy-uslubiyat va so‘zlik; Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar; Tabiiy fanlar; Tibbiyot; Adabiyot va san’at; Tarix va qadriyatlar; tahririyatlari hamda Ishlab chiqarish, Buxgalteriya va iqtisodiy tahlil bo‘limlari bor. Nashriyotga ilmiy-metodik rahbarlikni jamoatchilik asosida ishlaydigan Bosh tahrir hay’ati (universal ensiklopediyaga) amalga oshiradi. Uning tarkibiga yirik olimlar, jamoat arboblari, nashriyot rahbarlari kirgan. Bosh tahrir hay’ati O‘zMEning g‘oyaviy, ilmiy, tahririy va badiiy darajasini oshirishda, maqolalar mezonini belgilashda, so‘zliklarni tasdiqlash, murakkab va munozarali masalalarni hal etishda qatnashadi, har bir jild materiallarini nashrga tavsiya etadi.

Nashriyot ilmiy tahririyatlari huzurida fan sohalari bo‘yicha ilmiy-maslahat kengashlari ham tuzilgan. Ularning a’zolari Bosh tahrir hay’ati a’zolari rahbarligida ishlaydi hamda muayyan sohaning so‘zligi va maqolalarini ko‘rib chiqib tasdiqlaydi.

Nashriyot o‘tgan davr mobaynida 100 dan ortiq nomda turli ensiklopediya va fan sohalari bo‘yicha izohli lug‘atlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, ommabop kitoblar nashr etdi. Bular orasida "O‘zbekiston Respublikasi", "Toshkent" (rus va o‘zbek tillarida), "Paxtachilik" (2 jildli, rus tilida), "Uy-ro‘zg‘or", "Salomatlik" ensiklopediyalari, "Ruscha-o‘zbekcha lug‘at" (2 jild), "O‘zbekcha-ruscha lug‘at", "Hadis" (1–4-jildlar; 4 marta nashr etildi), "Yosh fizik ensiklopedik lug‘at", "Yosh matematik ensiklopedik lug‘at", "yosh ximik ensiklopedik lug‘at", "Ensiklopedik lug‘at" (2 jild), "Bolalar ensiklopediyasi" (3 marta nashr etildi), "Xotin-qizlar ensiklopediyasi" (3 marta nashr etildi), "Ish yuritish" (2 marta nashr etildi), "Islom ensiklopediyasi", "O‘zbekiston Respublikasi" (rus, o‘zbek va ingliz tillarida), "O‘zbek ismlari izohli lug‘ati", "Neft va gaz bo‘yicha ensiklopedik izohli lug‘at", "Fizikadan izohli lug‘at", "Tilshunoslik terminlari izohli lug‘ati", "Ruscha-o‘zbekcha-xitoycha so‘zlagich", "O‘zbekcha-arabcha lug‘at", "Ma’nolar mahzani" (o‘zbek xalq maqollarining izohi) va b. adabiyotlar, o‘rta maktab, kasb-hunar kollejlari, tibbiyot maktablari uchun darsliklar bor.

Nashriyot 2000—2006-yillarda 12 jildlik O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashrini yakunladi. O‘zMEning 1—11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berildi. O‘zME har bir jildida 800—1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin oldi. 5 mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashdi. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.

Direktor: Mahkamov Qahramon Mirfazilovich   
Tel.: (99871) 244-34-38

Manzil: Toshkent, 100129, Navoiy, 30. 
Tel.: 244-34-38, 244-08-49
Faks: 244-24-91
e-mail: uzme@ensiklopediya.uz

O‘zbekiston Respublikasi Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi

Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimiga korxona hisoblanadi. 

Bosmaxona tarkibida ko‘zi ojiz fuqarolar uchun barcha turdagi ijtimoiy-siyosiy, o‘quv (darslik va o‘quv qo‘llanmalari), badiiy va bolalar adabiyotlari hamda brayl yozuvidagi boshqa nashr va matbaa mahsulotlarini chop etishga ixtisoslashgan "Yog‘du" nashriyoti faoliyat yuritib kelmoqda. Bosmaxonada shuningdek, Ko‘zi ojizlar Markaziy boshqaruvi muassisligidagi «Bir safda» jurnalini chop etiladi.

2007 yilda bosmaxona tomonidan O‘rta Osiyo hamda MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib "Qur’onu Karim" kitobi nashrdan chiqarilib, xalqaro ko‘rgazmalar va arab davlatlarining yetuk diniy mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi.  

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida turli yoshdagi o‘quvchilarning iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beruvchi adabiyotlar ham nashr etilmoqda.

Direktor: Sultanov Mirsaid Maxsudovich
Tel.: (99871) 245-15-43 

Manzil: Toshkent sh., 100027, 
O‘zgarish ko‘chasi, Kirki tor ko‘cha, 32.
Tel.: (99871) 245-15-43, 245-63-25 
E-mail: brayl-uz@mail.ru
Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar)

"Tong yulduzi" - Respublika bolalari va o'smirlarining nashri

Muassislar: O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy harakati Markaziy kengashi hamda "Sog'lom avlod uchun" hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya jamg'armasi.

Toshkent, 129, Navoiy ko'chasi, 30 - uy
Telefon: 244-63-08
E-mail: tong1924@mail.ru

"Класс!" - Respublika bolalari va o'smirlariga mo'ljallangan haftalik gazeta


Muassislar: O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy harakati Markaziy kengashi hamda "Sog'lom avlod uchun" hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya jamg'armasi.

Toshkent -100129, Navoiy ko'chasi, 30-uy
Telefon: 244-36-81, Faks: 244-37-24
E-mail: klass children@rambler.ru 

"Gulxan" bolalar va o'smirlar uchun adabiy-badiiy bezakli jurnal


Muassislar: O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy harakati Markaziy kengashi hamda "Sog'lom avlod uchun" hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya jamg'armasi.

Toshkent -129, Navoiy ko'chasi,30uy.
Tel: 244-94-38

"G'uncha" adabiy-badiiy bezakli bolalar jurnali

Muassislar: O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy harakati Markaziy kengashi hamda "Sog'lom avlod uchun" hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya jamg'armasi.

Toshkent -100129, Navoiy ko'chasi, 30-uy
Telefon: 244-94-39
E-mail: guncha_2010@bk.ru