O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Markaziy apparat

Ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini mivofiqlashtirish boshqarmasi



Boshliq: Muradov Hoshimjon
Tel.: (99871) 244-31-85, E-mail: nashr@api.uz

Boshqarmaning asosiy vazifalari:

ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarning mustaqil faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari va tegishli qonun hujjatlariga, so‘z va matbuot erkinligi kafolatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish;

respublika fuqarolarining axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish, aholining, eng avvalo, o‘sib kelayotgan avlodning ta'lim, ma'naviy va madaniy darajasini oshirish, ularni milliy mustaqillik g‘oyalari ruhida tarbiyalash maqsadida ommaviy axborot vositalarini, noshirlik ishlarini keng rivojlantirishga ko‘maklashish;

reklama tayyorlash, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar tomonidan qonun hujjatlariga, ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, amaldagi qonun hujjatlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa - ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalar va litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va to‘xtatish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi hamda Hukumat yig‘ilishlarida Agentlik nomidan qatnashish;

Agentlik buyrug‘i, farmoyishlari va Hay'at qarorlarini tayyorlashda ishtirok etish, ular yuzasidan fikr va takliflar  bildirish, muhokamalarda  qatnashish hamda ularning ijrosini ta'minlash;
xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularga intizomiy jazo choralari ko‘rish yoki rag‘batlantirish  yuzasidan takliflar kiritish.

Boshqarma ommaviy axborot vositalari, axborotlar almashish, matbuot, noshirlik faoliyati hamda davriy nashrlarni tarqatish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi vazifalarni hal qilishda  ishtirok etadi.

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
 
Agentlikning qonunchilik bilan belgilangan vazifa va majburiyatlari, Respublika yuqori organlari topshiriqlarini bajarish, qonunchilik, ma'muriy hamda ijro organlari, sohadosh muassasalar, nodavlat ijodiy tashkilotlar bilan o‘z faoliyatiga doir amaliy munosabatlarini shakllantirish, hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbiriy choralarni ko‘rib boradi;

ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar salohiyatini oshirish uchun zarur sharoit yaratish borasida yagona siyosat o‘tkazish, ayni paytda ularning jamiyat siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotida tutadigan o‘rnini ta'minlashda ishtirok etadi;

ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari hamda ularning amal qilishida ko‘maklashuvchi mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
 
Boshqarma o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 

Mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlarning zamonaviy talablarga muvofiq ravishda ta'sirchan faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish. 

Axborot va noshirlikka oid qonun hujjatlari amaliyotini demokratik normalar talabi asosida tahlil qilib borish. Soha qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. Zarur hollarda qonunlar, qonunosti hujjatlari loyihalarini tayyorlash.

Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlashga tayyorlashda ishtirok etish.

O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari hamda nashriyotlarning tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro amaliy aloqalarini bog‘lash, ularni OAV faoliyatiga jalb qilishga yordamlashish.

Agentlik faoliyati, uning tasarrufidagi ommaviy axborot vositalari, nashriyotlarning faoliyatiga taalluqli iqtisodiy, ijtimoiy, texnikaviy, huquqiy muammolarni tahlil qilish, ularni hal etish yuzasidan zarur takliflar  ishlab chiqishda qatnashish.
Ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, respublika axborot bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan o‘z faoliyatlarida axborot va noshirlikka oid qonunchilik talablariga rioya qilishlarini monitoring qilish.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar uchun davra suhbatlari, seminar, boshqa o‘quv usullarini tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etish.

Agentlik tasarrufidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, nashriyotlar, gazeta-jurnallarning ijodiy dasturlarini, rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi monitoring xulosalarini ko‘rib chiqish va axborot bozori ishtirokchilariga tegishli ta'sir choralarini qo‘llash yuzasidan hujjat loyihalari tayyorlab, rahbariyat tasdig‘iga kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, Toshkent shahar, viloyat matbuot va axborot boshqarmalari, ular muassisligidagi nashriyotlar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirishlariga ko‘maklashish.

Boshqarmaning ish rejasini ishlab chiqish, Agentlik va Agentlik Hay'ati ish rejasini ishlab chiqishda qatnashish va rejaviy tadbirlar ijrosini ta'minlash.

Bosma ommaviy axborot vositalari, noshirlik faoliyati mahsulotlarining majburiy bepul nusxalarini qabul qilish va ularni tahlil qilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlariga munosabat bildirib borish. 

Axborot bozorini o‘rganish va uni zarur axborot, noshirlik mahsuloti bilan to‘ldirish yuzasidan respublika ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarga tavsiyalar berish.

Respublika miqyosida va hududiy kitob ko‘rgazmalari hamda bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish.

Matbaa korxonalarini sertifikatlash va standartlashtirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasi



Boshliq: Fazilov Farhod Shahobiddinovich 
Tel.: (99871) 244-35-35, E-mail: matbaa@api.uz

Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, Toshkent shahar va viloyatlar matbuot va axborot boshqarmalariga matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish, ularni me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlash va faoliyatini tahlil qilib, muvofiqlashtirib borish hamda belgilangan tartiblarda nazorat tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatlarini takomillashuviga yordam ko‘rsatish.

Boshqarmaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

matbaa sohasini rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratish borasida yagona davlat siyosatini o‘tkazish;

korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga ko‘maklashish;

matbaa faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari hamda ularning ko‘maklashuvchi mexanizmlarini takomillashtirishda ishtirok etish;

matbaa korxonalarida  matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kadrlar va mutaxassislar tarkibining kasbiy mahorati va bilimini oshirishlarida seminar, davra suhbatlari, boshqa o‘quv usullarini tayyorlash va o‘tkazishda amaliy-uslubiy ko‘maklashish ishlarinida ishtirok etish;

matbaa korxonalari shakllanishiga va ishlab chiqarish sur'atlarining o‘sishiga, korxonalarda modernizatsiya ishlariga ko‘maklashish;

respublika hududlarida matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning amaldagi qonunchilik, nizom-qoidalar, me'yoriy hujjatlar va standartlarga rioya qilishi, metrologiya va sertifikatlash xizmatlari yuzasidan nazoratlar o‘tkazashi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;

ta'lim muassasalari o‘quvchi va talabalarga milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga mos sifatli yozuv, kundalik, rasm chizish daftarlari bilan ta'minlash ishlarini takomillashtirish maqsadida matbaa korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan ushbu mahsulotlarni sertifikatsiyalash ishlarida ishtirok etish;

matbaa korxonalarida amaldagi davlat va tarmoq standartlari hamda texnik shartlar talablariga muvofiqligi ustidan nazoratda ishtirok etish, natijalari bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlardan belgilangan tartiblar asosida ta'sir va boshqa choralari va munosabatlarda hujjatlar loyihalarini rahbariyatga taqdim etish;

agentlik vazifasiga kiruvchi boshqa faoliyatlar turlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

agentlikka matbaa korxonalari va boshqa noshr etuvchi korxonalar tomonidan taqdim etiladigan nazorat nusxalarini o‘rganish orqali ularning amaldagi davlat va tarmoq standartlari hamda texnik talablarga muvofiqligi ustidan  o‘z fikrlarin bildirish va takliflar kiritish; 

matbaa korxonalari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya  etilishining ta'minlanishi yuzasidan nazorat tekshirishini o‘tkazish, natijasiga ko‘ra tegishli ta'sir va boshqa choralari ko‘rilishiga doir hujjatlar loyihasini tayyorlab rahbariyatga taqdim etish;

matbaa korxonalarining  faoliyatiga  boshqada davlat boshqaruv organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunsiz aralashishga yo‘l qo‘ymaslik, g‘ayriqonuniy tarzda aralashgan vaziyatlarda matbaa korxonalarni ximoyalashlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishda iste'molchilar huquqlarining buzilmasligini ta'minlashda ko‘maklashish.

Litsenziyalashni tashkil etish boshqarmasi

Boshliq: Kan Artur Singukovich
Tel.: (99871) 244-33-81, E-mail: litsenz@api.uz

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari va qonunchilikning so‘zsiz bajarilishi, so‘z va matbuot erkinligi kafolatlari ta'minlanishi monitoringini tegishlicha olib borish;

respublika fuqarolarining axborotlar olishga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, aholining, eng avvalo, o‘sib kelayotgan avlodning ta'lim, ma'naviy va madaniy darajasini oshirish, ularni milliy mustaqillik g‘oyalari ruhida tarbiyalash maqsadida ommaviy axborot vositalarini, noshirlik ishlarini va matbaachilikni keng rivojlantirishga ko‘maklashish;

matbaachilik faoliyati, ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkillashtirish;

noshirlik faoliyatini litsenziyalanishida Hukumat komissiyasining ishchi organi vazifalarini amalga oshirish;

noshirlar bilan tuziladigan litsenziya bitimlari loyihalarini tayyorlash va  rasmiylashtirish, litsenziya bitimlari litsenziatlar tomonidan og‘ishmay bajarilishi nazoratini amalga oshirib borish;
 
mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, ommaviy axborot vositalari uchun axborot bozorida teng shart-sharoitlarni ta'minlash tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

noshirlik, ommaviy axborot vositalari, matbaa korxonalari faoliyatiga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar loyihalarini tayyorlash va tayyorlanishida ishtirok etish;

boshqarma vazifalari va faoliyatiga taalluqli masalalar, shuningdek Agentlik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim qilish;

Agentlik Hay'ati ish rejasini ishlab chiqishda qatnashish, Hay'at majlisida ko‘riladigan boshqarma faoliyatiga bog‘liq masalalarni tayyorlash va Hay'at qarorlarining ijrosini tegishligicha bajarilishini ta'minlash.

Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish boshqarmasi

Boshliq: Mirkomlov Jamshid Yusupovich 
Tel.: (99871) 244-23-69, E-mail: iqtisod@api.uz

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi xo‘jalik sub'yektlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashadi, iqtisodiy istiqbol strategiyasini ishlab chiqishda qatnashadi;

respublika aholisini kitoblar, shu jumladan darsliklar va boshqa bosma mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish maqsadida, tizimdagi noshirlik va matbaachilikning rivojlantirishga ko‘maklashadi;

Agentlik tasarrufiga kiruvchi noshirlik, matbaachilik tarmoqlarining faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi hamda tizimga belgilab berilgan istiqbol (prognoz) topshiriqlarni joriy istiqbol ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirib boradi;

iqtisodiy-moliyaviy masalalar, xodimlarni ijtimoiy muhofazalashga oid hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, tasdiqqa kiritib, ularning bajarilishi nazoratini ta'minlab boradi;

iqtisodiy istiqbol va byudjet bilan bog‘liq hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etadi, respublika mutasaddi idoralariga va rahbariyatiga iqtisodiy va moliyaviy ishlar yuzasidan ma'lumotlarni taqdim etadi;

sohaga doir ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy masalalarni muvofiqlashtirishda barcha davlat va jamoat tashkilotlarida Agentlik nomidan ish ko‘radi;

rahbariyatga tizim korxona va tashkilotlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishning o‘sishi, modernizatsiya qilish yuzasidan tegishli takliflar kiritadi, ularning iqtisodiy holatini mustahkamlash, moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, mahsulotlar narxlarini shakllantirish masalalarida amaliy yordam beradi;

tuzilmalarining asosiy texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari negizida soha bo‘yicha istiqbol va yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishini ta'minlash yuzasidan zarur bo‘lgan moliyaviy ta'minot manbalarini aniqlaydi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni va mehnatiga haq to‘lash fondi doirasida Agentlik markaziy apparatining tuzilmasi va shtatlar jadvalini, moliyaviy ta'minot xarajatlari smetasini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdig‘iga kiritadi;

respublika miqyosidagi nashriyot-matbaa uylari (NMIU), «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti va viloyatlardagi mahalliy nashriyotlar, Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari hamda tizimning infratuzilma tashkilotlari bilan hamkorlikda ish yuritadi;

soha bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi va ularning bajarilishini tegishligicha nazorat qiladi, vakolati doirasida masalalarni hal etishda quyi tizimlarga uslubiy va amaliy yordam beradi;

korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi, mutasaddi idoralarga tegishli statistik va boshqa hisobotlar hamda ma'lumotlarni muddatida topshirilishini ta'minlaydi;

Hay'at va rahbariyat huzuridagi yig‘ilishlarda ko‘rib chiqish uchun tuzilmalarning moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha hisob-kitob, tahlillarni amalga oshiradi va tegishli hujjatlarni tayyorlab kiritadi;

boshqarma o‘z vakolati doirasida matbuot va axborot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ularning moliyaviy-iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq ishlarida ishtirok etadi; 

Agentlik iqtisodiy-moliyaviy foaliyatiga doir Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni ishlab chiqishda qatnashadi;

tizim korxona va tashkilotlari mutasaddi xodimlarining iqtisod bo‘yicha malakasini oshirish ishlarida ishtirok etadi.

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tizim nashriyotlari, ommaviy axborot vositalari, matbaa korxonalari tomonidan axborot sohasida amaldagi tegishli qonun va moliyaviy-iqtisodiy me'yoriy  hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilib boradi;

moliyaviy-iqtisodiy, shuningdek boshqa me'yoriy hujjatlarni hamda iqtisodiyot sohasida tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

boshqarma faoliyatiga taalluqli moliyaviy, iqtisodiy-ijtimoiy, muammolarni tahlil qiladi hamda ularni hal etish, shu jumladan takliflar, tegishli qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Buxgalterlik hisobi va hisoboti bo‘limi

Boshliq: Usmanova Dilfuza Gulamovna 
Tel.: (99871) 244-57-65, E-mail: hisob@api.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Bo‘lim Agentlikning mulki, mablag‘lari, majburiyatlarining, shuningdek  xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini pul va natural o‘lchovlarida yuritadi.

Nashriyot-matbaa ijodiy uylari tomonidan o‘quv darsliklari chop etishga olingan mablag‘lar (ssuda) ning maqsadli ishlatilishi va o‘z vaqtida qaytarilishining  nazoratini  amalga oshirib boradi.

Bolalar nashrlari va shu kabi boshqa maqsadlar uchun har oyda oylik maosh  va boshqa xarajatlarga byudjetdan ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida olinishi va tegishli  nashriyot matbaa-ijodiy uylariga  yetkazib berishni tashkillashtirib, bu mablag‘lardan  maqsadli foydalanilishi nazoratini ta'minlaydi.

Yuqori tashkilotlardan kelgan buxgalteriya faoliyatiga oid me'yoriy hujjatlarni o‘rganib, quyi tashkilotlarga yetkazadi, ular asosida  ishlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar berib, amaliy yordam ko‘rsatib boradi.

Quyi tashkilotlardan choraklik,  yillik buxgalterlik hisobotlarini undagi ma'lumotlar haqqoniyligini tekshirgan holda  qabul qiladi, ularni tahlil qilib, yig‘ma hisobotlar tuzadi.

Topshirilgan hisobotlar asosida quyi korxonalarning  iqtisodiy va moliyaviy ahvolini tahlil qiladi hamda ularning hisob raqamlariga  tushgan mablag‘larning maqsadli  sarflanishini nazorat qilib boradi.

Hay'at majlislari va rahbariyat  huzuridagi yig‘ilishlarda  ko‘rib chiqish uchun tizimdagi korxona va tashkilotlarni moliyaviy ahvolini tahlil etadi hamda hujjatlarni tayyorlab kiritadi.

O‘z ish faoliyati doirasida yuqori va quyi tashkilotlar bilan olib boriladigan  yozishmalar  loyihalarini  tayyorlaydi.

Agentlik va uning quyi tizimlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti intizomiga qat'iy rioya etilishini, pul mablag‘laradan tejamli, maqsadli va oqilona foydalanilishini, barcha tovar-moddiy qiymatliklar hisobi yuritilishi, asrab-avaylanilishi, o‘rinli va to‘g‘ri foydalanilishi choralarini ko‘rib boradi va buxgalteriya nazoratini amalga oshiradi.

Xodimlarga mehnat haqi to‘lovi, rag‘batlantirish va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy muhofazalash yo‘nalishidagi to‘lovlarning ta'minlanishi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini  amalga oshiradi.

Tuziladigan xo‘jalik shartnomalari Agentlikning manfaatlariga moddiy zarar yetkazmasligi choralarini ko‘rib boradi.

Yuridik bo‘lim

Mamayusupov Mars Nurmametovich
Tel.: (99871) 244-14-58, E-mail: yurist@api.uz

Yuridik bo‘limning vazifalari va funksiyalari:

1) Agentlikning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish;
2) normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;
3) Agentlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;
4) Agentlik va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashga ko‘maklashish;
5) Agentlikning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da'vo ishlarini yuritishda qatnashish;
6) sudlarda va boshqa idoralarda Agentlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.

Agentlikning yuridik bo‘limi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:
a) Agentlikning huquq ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi;
b) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda qatnashadi;
v) Agentlikning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda qatnashadi;
g) mustaqil yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda ekspertizadan o‘tkazish va Agentlik bilan kelishish uchun taqdim qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e'tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik bo‘lim tomonidan Agentlikning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
ye) Agentlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
j) Agentlikka kelib tushgan va Agentlikning o‘zi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini ta'minlaydi;
z) Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, Agentlik rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;
i) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
k) Agentlik rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
l) Agentlik va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi;
m) Agentlik faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;
n) Agentlik xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga Agentlik faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
2) Agentlik faoliyatida qonuniylikni ta'minlash sohasida:
a) Agentlikda va uning tizimiga kiruvchi bo‘linmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi;
b) Agentlik rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e'tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik bo‘lim tomonidan Agentlikning boshqa vakolatli bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
v) mustaqil ravishda yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda Agentlikning buyruqlari, farmoyishlari va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
g) Agentlikda va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
d) Agentlikda va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarda mulk saqlanishi ta'minlanishining huquqiy mexanizmlarini tashkil qiladi;
ye) Agentlikning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda Agentlik, uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
j) Agentlikda boshqaruv tizimini takomillashtirish, Agentlik tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
z) Agentlikda mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini ta'minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitim va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
3) shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da'vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:
a) boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda Agentlik tomonidan shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e'tiroz va takliflari bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik bo‘lim tomonidan Agentlikning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
b) qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;
v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
g) Agentlik tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
d) Agentlikning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va Agentlikka nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi, Agentlikda talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
ye) tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda Agentlikning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;
j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da'vo ishlarini olib boradi;
z) Agentlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi;
4) boshqa sohalarda:
a) Agentlik tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik bo‘lim faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;
b) qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma'lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini Agentlik tizimiga kiradigan bo‘linmalarga yetkazadi;
v) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

Yuridik bo‘limga ushbu Nizomda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kadrlar va mutaxassislar tayyorlash bo‘limi

Boshliq vvb: Xotamova Nodira Egamnazarovna
Tel.: (99871) 244-32-57, E-mail: kadr@api.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

2.1. Ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlariga oid buyruqlar va mehnat shartnomalarini amaldagi qonun hujjatlari, xodimlarning mehnatga oid huquqlari va manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda tayyorlanishini ta'minlash. 

2.2. Agentlik markaziy apparati hamda tizimdagi korxona va tashkilotlarni malakali xodimlar bilan butlash.

2.3. Agentlikning kadrlar siyosati asosida tizimda kadrlar bilan ishlashning umumiy ahvolini tahlil va nazorat qilib borish

2.4. Agentlikning kadrlar zahirasini shakllantirish va u bilan ishlash.

2.5. Agentlik xodimlari tarkibining sifat tahlilini yilda bir marta o‘tkazish hamda uni yaxshilashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib borish.

2.6. Agentlikning rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkillashtirish.

2.7. Xodimlarning qo‘nimsizligi sabablarini o‘rganish, uni maqbullashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2.8. Soha mutaxassislari tayyorlovchi o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish va soha o‘quv yurtlarini tamomlagan yosh mutaxassislar taqsimotini olib borish.

2.9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni tanlash va taqdim etish.

2.10. Davlat mukofotlari, ko‘krak nishonlari va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlashga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini umumlashtirish va rahbariyatga taklif kiritish.

2.11. Agentlik nomenklaturasida bo‘lgan rahbar xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini yuritish, ularning faoliyatini tahlil qilish va xulosa berish.

2.12. Tizim xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish.

2.13. Agentlik markaziy apparati xodimlarini, shuningdek nomenklaturadagi rahbar xodimlarni ishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazo choralarini qo‘llash yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish.

2.14. Agentlik tarkibiy tuzilmalarini bo‘linmalar hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim qilish.

2.15. Bo‘lim vakolati va faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim qilish.

2.16. Mehnat intizomi ahvoli va Agentlik markaziy apparati xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilish.

2.17. Yuqori turuvchi tashkilotlar va statistika idoralariga hisobotlarni tegishli  bo‘linmalar bilan birgalikda belgilangan shakllar va muddatlarda tayyorlash hamda taqdim etib borish.

2.18. Tizimdagi korxona va tashkilotlarning bo‘limga taalluqli hisobotlarini qabul qilish, ularni umumlashtirish.

2.19. Agentlik markaziy apparati hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar xodimlariga nisbatan belgilangan tartibda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish yoki ularda ishtirk etish.

2.20. Shaxsiy yig‘majildlarini yuritish va saqlash. Xodimlarga xizmat guvohnomalari, ma'lumotnomalar, fuqarolarga arxiv ma'lumotnomalari berish. 

2.21. Agentlik xodimlariga pensiya va nafaqalar tayinlanishi uchun Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bilan birgalikda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

2.22. Mehnat daftarchalarini ochish, qabul qilib olish, hisobini yuritish, saqlash, ularga tegishli yozuvlar kiritish va qaytarish. Mehnat ta'tili jadvallarini tuzish va tasdiqlatish. 

2.23. Mehnat shartnomalari va kelishuvlari tuzilishi va ularning bekor qilinishini rasmiylashtirish. Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish va Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limiga taqdim etish.

2.24. Rahbariyat topshirig‘i bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxs (fuqaro) larning murojaatlarini ko‘rib chiqish.

Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqishiga hamda buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari tiklanishiga daxldor bo‘lmagan ma'lumotlarni (jismoniy shaxsning roziligisiz) boshqa fuqarolarga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik choralarini ko‘rish. 

2.25. Bo‘limga tegishli hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlash va Umumiy bo‘lim bilan kelishgan holda topshirish.

2.26. Bo‘limga tegishli idoraviy hujjatlar (qaror, buyruq, farmoyish) loyihalarini ishlab chiqish.

2.27. Agentlik apparati va tizimdagi korxona va tashkilotlarda sog‘lom ijodiy muhitning qaror topishini ta'minlash choralarini ko‘rish, barcha xodimlarning siyosiy va huquqiy madaniyati va kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashish.

2.28. Tizimdagi korxona va tashkilotlarga mehnat munosabatlarini hujjatlashtirish va kadrlar bilan ishlashida amaliy yordam berish va nazoratini amalga oshirish.

2.29. Agentlik va uning Hay'ati ish rejalari ishlab chiqilishida qatnashish, bo‘limning ish rejalarini ishlab chiqish.

2.30. Oy yakuni bo‘yicha xodimlar uchun tabellarni to‘ldirish va Buxgalterlik hisobi va hisoboti bo‘limiga taqdim qilib borish.

Umumiy bo‘lim

Boshliq: Tashmuradov Xaydar Zikriyayevich 
Tel.: (99871) 244-23-80, E-mail: umumiy@api.uz

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tasdiqlangan me'yoriy-huquqiy va lokal hujjatlarga muvofiq Agentlik markaziy apparatida ish yuritishni ta'minlash;
Agentlik Hay'ati va rahbariyatining majlislarini tashkiliy va texnik jihatdan tayyorlash; 

Agentlikka kelib kelib tushgan va faoliyati davomida tayyorlangan hujjatlar ro‘yxatli harakatini, jumladan, ulardan ish yuritish tugallanganlarini yig‘majildlarda saqlanishini ta'minlash;

Agentlik tizimida ish yuritish tartibini va arxiv ishini yanada takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va rahbariyat muhokamasiga  kiritish;

Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalarida, tizimdagi korxona va tashkilotlarida hamda xududiy boshqarmalarida hujjatlar bilan ishlash va ish yuritishni belgilangan tartiblar doirasida qulay va oson usullarda amalga oshirilishini, qog‘oz mahsulotlari sarflanishini kamaytirish barobarida ortiqcha qog‘ozbozliklarga barham berilishi choralarini ko‘rib borilishini tashkillashtirish hamda  bu borada rahbariyatga takliflar kiritish.
 
5. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlari hamda xududiy boshqarmalarida ish yuritishga uslubiy rahbarlik qiladi va idoraviy nazoratni amalga oshirib boradi;

ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish va avtomatlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Agentlik Bosh direktori va Hay'atining me'yoriy-idoraviy hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, hisobga oladi, rasmiylashtiradi, ko‘paytiradi hamda ijro va ma'lumot uchun tegishli tashkilotlarga jo‘natadi;

tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda Agentlik rahbariyati va Hay'atiga tashkiliy-texnik xizmat tayyorgarlik ishlarida ishtirok etadi, jumladan: taklif etilganlarning umumlashtirilgan ro‘yxatini tuzadi, taklif etilganlar ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda materiallarni Agentlik rahbariyati huzuridagi muhokama va hay'at majlislariga tanlaydi, ko‘paytiradi, ularni majlis qatnashchilariga jo‘natadi;
 
Agentlik rahbariyati va Hay'ati o‘tkazgan majlislar bayonnomalarini Hay'at kotibi, ko‘rilgan masalalarga mas'ul bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlanishini va rasmiylashtirilishini ta'minlaydi;

Kelib tushgan hujjatlarni qabul qiladi, ro‘yxatdan o‘tkazadi, hisobga oladi, rahbariyatga tegishli topshiriqlar belgilashi uchun taqdim etadi, mansubligiga ko‘ra ijrochilarga yetkazib beradi, chiqish hujjatlari, xat-xabarlarni bo‘linmalardan qabul qiladi va ish yuritish qoidalariga muvofiq holda  jo‘natadi;

tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlar yig‘majildining nomenklaturasini aniqlashtiradi, markaziy apparat bo‘linmalari mutaxassislari bilan birgalikda yig‘majildlar nomenklaturasini tuzadi, unga rioya etilishini nazorat qiladi;

tizimdagi tashkilot va korxonalarda hujjatlar rasmiyshlashtirilishi va ish yuritilishida yig‘majildining nomenklaturasiga rioya etilishini nazorat qiladi;

ish yuritish tugallangan hujjatlar yig‘majildlarini markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalaridan qabul qiladi, hisobga oladi va saqlaydi, joriy arxiv shakllantirilishini ta'minlaydi, hujjatlar yig‘majildlari va hujjatlarni belgilangan tartibda doimiy saqlash uchun Davlat arxiviga topshiradi;

xodimlarga ish yuritish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beradi, yangi xodimlarni hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘qitish va tanishtirishni tashkil etadi;

Agentlikning buyruq va farmoyishlari, hay'at qarorlari loyihalari va boshqa materiallari tahrir etilishini amalga oshiradi;

Markaziy apparatda ish yuritishni tashkil etish uchun ishlatiladigan tegishli muhrlar, shtamplar, blankalar va ro‘yxatga olish jurnallarini tayyorlanishini tashkillashtiradi hamda ularning hisobga olinishi va saqlanishini ta'minlaydi;

Qonun hujjatlari va ichki idoraviy hujjatlarda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham  amalga oshiradi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus b‘olim



Boshliq: Xamdamov O‘ktam Rustamovich 
Tel.: (99871) 244-25-28, E-mail: u.khamdamov@api.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va majburiyatlari:

2.1. Vazifalari:
- Agentlikda axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ma'lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish bo‘yicha dasturlar majmuini amalga oshirish;
- axborot tizimlari va resurslarining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini ta'minlash, tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish, hamda ma'lumotlar bazalarini yaratishni ta'minlovchi infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish;
- fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-extiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurlaridan foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda yaratish;
- Agentlikning barcha bo‘linmalarida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me'yoriy-huquqiy, texnologik va axborot-tahlil ma'lumotlar bilan ta'minlash;
- Agentlik rasmiy veb-saytini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta'minlash;
- idoraviy axborot resurslari va axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmasini joriy etish va rivojlantirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish;
- kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalarga va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos kelivchi ustuvor yo‘nalishlarni, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda belgilash.

2.2. Funksiyalari:
- Agentlik tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy mahsulotlardan va ma'lumotlarni qayta ishlovchi apparat vositalaridan, aloqa va ma'lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash va ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;
- Agentlikning xarajatlar smetasida axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tizimlarni joriy etish va rivojlantirish hamda xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Agentlikning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish buyicha rejalar ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;
- Agentlikning korporativ tarmog‘ini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmog‘ini, dasturiy-apparat vositalari, ma'lumotlar almashish va saqlash vositalarini yaratish buyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolati doirasida davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning barcha sohalariga axborot resurslari, ma'lumotlar bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ijrosini ta'minlash;
- Agentlikning veb-saytini ma'lumotlar bilan to‘ldirish, tuzilmasini, tarkibini va interaktiv xizmatlarini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ijrosi yuzasidan axborot kiritib borish;
- Agentlikning faoliyati yo‘nalishlarida statistik, tahliliy va boshqa ma'lumotlar banklarini yaratish;
- Agentlikning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha kadrlarning malakasini oshirishning va tayyorlashning samarali tizimlarini yaratish.

Axborot xizmati

Axborot xizmatining rahbari - matbuot kotib: Mamadaliev Ulug'bek Marufalievich 
Tel.: (99871) 244-23-72, E-mail: info@api.uz

Quyidagilar Axborot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbariyati tomonidan belgilangan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
Agentlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko‘maklashish;
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Agentlik faoliyati va sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarining yoritilishi ta'minlanishini nazorat qilib borish;
Agentlik va uning tizimidagi korxonalar faoliyatiga oshkoralik berilishini tashkillashtirish;
talabgorlarning Agentlik sohasiga oid axborot ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;
jismoniy va yuridik shaxslarning axborot olish yuzasidan murojaatlarining belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilishi va zarur axborotlarni olishni tashkillashtirib borish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat huquqini internet tarmog‘i orqali amalga oshirishlarida Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlardan zarur axborot hamda hujjatlarni olish imkoniyatini yaratilishini ta'minlash; 
internet tarmog‘ida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi veb-saytini rivojlantirib borish hamda uning tizimidagi korxonalar veb-resurslari ishini muvofiqlashtirish; 
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga nisbatan ijtimoiy fikrni hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilib borib, Agentlik rahbariyatini xabardor qilish;
Respublika, mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari axborot xizmatlari hamda ularga tegishli veb-resurslarning samarali faoliyatini ta'minlashga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash.

Axborot xizmatining funksiyalari

Quyidagilar axborot xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni Agentlikning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda to‘plash va ishlash;
keng jamoatchilikni Agentlik faoliyati bilan kengroq tanishtirish barobarida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar (press-relizlar, byulletenlar, obzorlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;
ommaviy axborot vositalari vakillarini belgilangan tartibda Agentlik qoshida akkreditatsiya qilinishini tashkillashtirish;
Agentlik faoliyatiga doir masalalar buyicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e'lon qilish, tele- radioeshittirishlarni tashkil etish, sohada yagona davlat siyosatining amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
Agentlik rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglar, eksklyuziv intervyular, suhbatlar va boshqa uchrashuvlarni tashkil etish;
Agentlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari mavqyeiini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma'lumotnoma almashinuvini amalga oshirish maqsadida Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari buyicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma'lumotlar bankini tashkil etish;
Agentlik faoliyatini yoritish bo‘yicha xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
internet tarmog‘ida Agentlikning veb-saytini zamonaviy talablar darajasida takomillashtirib borish;
o‘z vakolati doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining Agentlik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashga ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtma va so‘rovlarini ko‘rib chiqish.

Xalqaro aloqalarni muvofiqlashtirish guruhi

Yetakchi mutaxassis: Mirhabibov O'tkir Qosimovich 
Tel.: (99871) 244-25-28, E-mail: xalqaro@api.uz

Guruhning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

Agentlikning xalqaro aloqalarini har tomonlama mustahkamlash va kengaytirish; 

mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar bilan samarali munosabatlarni o‘rnatish va amalga oshirish;

tizimdagi tashqi iqtisodiy faoliyatni muntazam ravishda takomillashtirish va muvofiqlashtirish;

ishlab chiqilgan mahsulotlarni va kitob nashrlarini xalqaro bozorlarda ildamlashtirish ishlarida tizimdagi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish;

matbuot va axborot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlarning Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha ishlarida qatnashish.

Guruh o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
   
xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarda qatnashish, kelishuv bayonnomalar loyihalarini tayyorlash, eksport/import shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirish, shartnomalarni tuzish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash;

mahsulot yetkazib beruvchilar va iste'molchilar o‘rtasida o‘z vaqtida shartnomalar tuzib, xorijiy hamkorlar bilan xo‘jalik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

tender savdolarini o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashni ta'minlash; 

tashqi iqtisodiy faoliyatga doir shartnomalarning harakatini monitoring qilish va bajarilishi hisobotini olib borish, investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash ishlarida qatnashish;

Tashqi  iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, vakolatli bank va bojxona xizmatida shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashda faol qatnashish;

import shartnomalarini konvertatsiyaga taqdim etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini, shartnomalarning mutasaddi idoralar bo‘yicha harakatini nazorat qilish;

belgilangan statistika hisobotlari, yuqori/nazorat qiluvchi tashkilotlarga beriladigan ma'lumotnoma va axborotlarni tayyorlash;

noshirchilik va matbaachilik sohalaridagi xalqaro ko‘rgazmalar va savdo yarmarkalarga tayyorgarlik ko‘rish, ishtirok etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish va ularni o‘tkazish ishlarida faol qatnashish;

yillik va istiqbol ko‘rsatkichlarga oid hisobotlarni tayyorlash;

Tashqi ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlik qilish, tizim xodimlarini chet elga xizmat safariga chiqishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish, vizali qo‘llab-quvvatlash uchun hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligida rasmiylashtirishga tayyorlash;

valyuta harakatini monitoring qilish, uning tushumini tartibga solish  chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

rahbariyat topshirig‘iga binoan hujjatlar bo‘yicha xizmat yozishmalarni: xatlar, fakslar, kataloglar va boshqa hujjatlarni ingliz tilidan o‘zbek va rus tillariga hamda o‘zbek va rus tillaridan ingliz tiliga tarjima qilishni amalga oshirish.