Asosiy menu

Matbuot xabarlari

darakchi.uz: Respublikamiz bo`ylab “Kitob bayrami” bo`lib o`tmoqda

darakchi.uz: Respublikamiz bo`ylab “Kitob bayrami” bo`lib o`tmoqda

Ushbu tadbir O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`limi, Madaniyat vazirliklari, Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

daryo.uz: Toshkentda kitob bayrami o‘tkazilmoqda (foto)

daryo.uz: Toshkentda kitob bayrami o‘tkazilmoqda (foto)

O‘zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 24–25-may kunlari “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish—buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida respublika “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

kun.uz: O'zbekistonda yirik kitob bayrami start oldi

kun.uz: O'zbekistonda yirik kitob bayrami start oldi

O'zbekistonda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida katta ishlar boshlab yuborilgan. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida”gi qarori muhim dastur vazifasini o'tamoqda.

xs.uz: “Kitob bayrami” tadbirlari boshlandi

xs.uz: “Kitob bayrami” tadbirlari boshlandi

Bugun poytaxtimizning Sayilgoh ko‘chasi har qachongidan-da gavjum. Bu yerda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik hamda idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostidagi an’anaviy respublika kitob bayramiga mamlakatimizning turli hududlaridan, hatto xorijdan kitobxonlar, adabiyot muxlislari, ijodkor-ziyolilar, yoshlar jam bo‘lgan.

Yosh kitobxonlar munosib taqdirlandi

Yosh kitobxonlar munosib taqdirlandi

Buyuk adiblarning boy ma’naviy va madaniy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarlarning badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 14 may kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi musiqa va san’at maktabida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda besh kitobxon jamoa bellashdi.