Asosiy menu

Universitetda “Ko‘ngil poytaxti” nomli kitobning taqdimoti bo‘ldi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan shoir Jo‘rabek Jahonning «Ko‘ngil poytaxti» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Unda davlat va jamoat tashkiloti vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, filologlar, shoirning yaqin do‘stlari, muxlislari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, «G‘afur G‘ulom» nashriyoti bosh muharriri Ilhom Zoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adabiyotshunos Suvon Meli va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda barcha sohalar qatorida milliy adabiyotimiz rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, badiiy ijod ahlining jamiyatimizdagi ta’siri va o‘rnini kuchaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar qilinayotgani haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, ijodkorning ijodihaqida ham iliq fikrlar bildirildi.