Asosiy menu

Samarqandda kitob taqdimoti

2018 yil 14 may kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi, tuman hokimligi tashabbusi bilan shoira Yaxshigul Xidirovaning "Kiprikdagi injular" kitobining taqdimotiga bag‘ishlangan ijodiy kecha tashkil etildi.

Narpay qadimdan dostonchilar, shoirlar yurti ekanligi mushoiralarda o‘z isbotini topdi. Tantanali davom etgan tadbirda ko‘plab yosh ijodkorlar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 

Yaxshigul Xidirovaning shogirdlari, 33-ixtisoslashgan maktab jamoasi - yoshlar she’rlar o‘qidi. Shuningdek, Respublika Kitobxonlar tanlovi g‘olibasi Moxinisoxonimning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.