Asosiy menu

“Pravda Vostoka”ning bosh muharririga “Mehnat shuhrati” ordeni topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq shu kungacha «Pravda Vostoka» gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Abbosxon Usmonovga bosh vazir A.Aripov "Mehnat shuhrati" ordenini topshirdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist A.Usmonov uzoq muddat Prezident devoni va respublika nashrlarida faoliyat yuritgan. 9 yildan ziyod «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari bosh muharriri bo‘lgan. 

2006 yili moliyaviy va kadr muammolari girdobida qolgan otaxon nashr bo‘lmish «Pravda Vostoka» gazetasiga rahbar etib tayinlangan. 12 yil davomida hukumatning rus tilida chiquvchi yagona nashri tamomila o‘zgardi. 

Jamoa yosh kadrlar bilan boyitildi, ikkita kitob nashr etildi, «Oltin qalam» gran-prisiga sazovor bo‘ldi. Nashr veb-sayti alohida OAV sifatida ish boshladi.