Asosiy menu

Navbahor Imomova AQSH OAV tarixida ilk bor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘ldi

O‘zbekistondagi islohotlar jadalligi dunyo OAV nazarida ham aks-sadosini ko‘rsatmoqda. 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining AQSHdagi muhim hamkoriga aylanib borayotgan «Amerika ovozi» teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, shu davrgacha muayyan tadbirlarni yoritish uchun ma’lum bir belgilangan muddatli ruxsatnomalar berilgan, biroq malakatda emin erkin faoliyat yuritish uchun hali amerikalik biror bir jurnalist bunday maqomga bugungi kungacha ega bo‘lmagan edi. 

Navbahor Imomova Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilasida ulg‘aygan. «Amerika Ovozi»da 2002 yildan beri ishlaydi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. «Amerika manzaralari» turkumidagi teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. 

Navbahor Imomova jurnalistik faoliyatini 1996 yilda O‘zbekiston radiosining «Xalqaro hayot» tahririyatida boshlagan. O‘zbekiston Davlat Jahon tillar universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo‘yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur universitetidan, magistrlikni esa AQSHning Bol Davlat universitetidan olgan. Shuningdek, Garvard universitetidan Davlat boshqaruvi va liderlik bo‘yicha magistrlik diplomiga ega. 

Navbahor Imamova Vashingtonda Markaziy Osiyo bo‘yicha etakchi mutaxassis. 16 yildan beri Amerikaning mintaqaga nisbatan siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH orasidagi munosabatlarni va ular ortidagi omillarni yaqindan yoritib, tahlil qilib keladi. Shuningdek, Amerikada yashovchi o‘zbeklar va boshqa markaziy osiyoliklar hayoti haqida chuqur bilimga ega. Diaspora mavzusida G‘arb siyosiy va ilmiy doiralarida ma’ruzalar o‘qiydi va bu borada qator maqola va materiallar muallifi. Navbahor Imamova nufuzli oliygohlarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan bog‘liq boshqa mavzularda so‘zlab tanilgan. Garvard Universitetida Markaziy Osiyo klubini boshqargan. 

Navbahor Imamova Kongress a’zolari, Oq uy, Davlat departamenti, Pentagon va boshqa vazirliklarda yuqori lavozimli rasmiylar bilan muloqotlar qilib turadi. Vashington va boshqa joylardagi tahlil va tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanish.