Asosiy menu

OAV vakillari Orol dengiziga sayohat qiladi

Shu yilning 11-12 may kunlari Orol dengiziga mediatur tashkil etiladi. Shu maqsadda bir guruh o‘zbekistonlik ommaviy axborot vositalari vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib keldi. 

Mazkur mediatur «UzWaterAware» loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi vaЕvropa Ittifoqining markaziy Osiyodagi ekologik markazi tomonidan tashkil qilinmoqda. 

Mediaturdan ko‘zlangan maqsad Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari hududidagi Sudochye ko‘li, Ustyurt platosi, Urga qishlog‘i, Ustyurt chinklari, Orolning qurigan tagidagi paydo bo‘lgan to‘qayzorliklar, Uchsoy baliqchilar qishlog‘i, Kemalar muzeyi, Amudaryo sohillari, shuningdek, Shege ko‘li kabi qator joylarga sayohat etishdan iborat. 

Orol dengiziga sayohatda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), «Jahon» axborot agentligi, bir nechta internet-nashrlari hamda ekologiya sohasiga ixtisoslashgan gazeta-jurnallar jurnalistlari, shuningdek, «Dunyo bo‘ylab» telekanali ijodkorlari,blogerlar va fotograflar ishtirok etmoqda.