Asosiy menu

Seminar-trening: Huquqiy jurnalistika nima?

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud hokimiyatini mustahkamlash, sudlar mustaqilligini ta’minlash, uni jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiluvchi institutga aylantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Biroq ayni paytda aholining katta qismi mazkur sohadagi yangilanishlardan yetarli darajada xabardor emas va OAV huquqiy savodxonlikni yuksaltirishda asosiy rol o‘ynashi kerak. Buning uchun o‘z navbatida jurnalistlar ham huquqiy jurnalistika bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari, malakali axborot tarqata olishlari, shuningdek, sud jarayonlari mazmun-mohiyatini chuqur anglashlari zarur. Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi tomonidan Kanadaning mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun «Fuqarolarning huquqiy savodxonligi: OAV resurslaridan foydalanish» mavzusida o‘tkazilgan seminar-trening ham ayni shu masalaga qaratildi.

Tadbirda jurnalistlar oldidagi dolzarb vazifalar, sud-huquq tizimidagi islohotlardan boxabarligini oshirish ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib berildi.

Erkin muloqot asosida huquqiy axborotni aholining barcha qatlamlariga tushunarli tarzda yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


qashqadaryogz.uz