Asosiy menu

«Yilning eng faol axborot xizmati»


«Yilning eng faol axborot xizmati»

Diqqat, tanlov!

«Yilning eng faol axborot xizmati»

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yirik xo‘jalik subyektlari, shuningdek, jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari o‘rtasida «Yilning eng faol axborot xizmati» ijodiy tanlovini e’lon qiladi. 

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida o‘tkaziladi. 

Tanlov shartlari:

Tanlovda ishtirok etish uchun axborot xizmati yoki matbuot markazining joriy yildagi faoliyati va erishgan yutuqlari haqida ma’lumot – 2016-yilning 1-yanvaridan 10-noyabrigacha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, jamoat tashkilotlarining rasmiy axborot saytlarida, shuningdek, mamlakatning bosma va internet nashrlarida chop etilgan, ta’riflangan faoliyatni tasdiqlaydigan manbalarga barcha havolalarni taqdim etgan holda, vazirliklar, idoralar yoki jamoat tashkilotlari, axborot xizmati xodimining familiyasi, ismi, sharifi, OAVda tadbirlar qayd etilgan maqolalarning asl nusxasi taqdim etilishi kerak. 

Tanlov oltita nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

- yilning eng faol axborot xizmati; 
- yilning eng faol axborot xizmati rahbari yoki xodimi; 
- eng yaxshi davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rasmiy sayti; 
- yil kashfiyoti; 
- ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda eng yaxshi taqdim etganligi uchun; 
- jurnalist nazdidagi eng faol axborot xizmati. 

Nominatsiyalar bo‘yicha tanlov hujjatlari ro‘yxati:

Yilning eng yaxshi axborot xizmati – joriy yilda axborot xizmati yoki axborot xizmatining faoliyati va yutuqlarini erkin shaklda ta’riflash (bular tashabbus ko‘rsatilgan maqolalar soni, axborot xizmati xodimlarining ismi OAVda qayd etilishi, tashkilot nufuzini boshqarish, imijini o‘zgartirish bo‘yicha harakatlari bo‘lishi mumkin, ta’riflangan faoliyat va maqolalarning namunalarini tasdiqlaydigan barcha manbalarga havolalar taqdim etilishi kerak). 

Yilning eng yaxshi axborot xizmati rahbari – joriy yilda axborot xizmati yoki axborot xizmatining faoliyati va yutuqlarini erkin shaklda ta’riflash (bular tashabbus ko‘rsatilgan maqolalar soni, axborot xizmati rahbarining familiyasi, ismi, sharifining OAVda qayd etilishi, tashkilot nufuzini boshqarish, imijini o‘zgartirish bo‘yicha harakatlar bo‘lishi mumkin, ta’riflangan faoliyat va maqolalarning namunalarini tasdiqlaydigan barcha manbalarga havolalar taqdim etilishi kerak). 

Eng yaxshi rasmiy sayt – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rasmiy saytining faoliyatini, rasmiy veb-sayt va boshqa OAVda, jumladan, elektron nashrlarda chop etilgan axborotga havolalar soni, veb-saytga kundalik tashrif buyuruvchilar soni, chop etilayotgan axborotning g‘oyaviy-badiiy darajasi va kontent sifati, shuningdek, rasmiy veb-saytda til versiyalarining ishlashini erkin usulda ta’riflash. 

Yil kashfiyoti – joriy yilda yirik jamoat tashkilotlari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari axborot xizmati xodimlari yoki axborot xizmatining faoliyati va yutuqlarini erkin shaklda ta’riflash (bular tashabbus ko‘rsatilgan maqolalar soni, axborot xizmati xodimlari familiyasi, ismi, sharifi matbuotda qayd etilishi, tashkilot nufuzini boshqarish, imijini o‘zgartirish bo‘yicha harakatlar bo‘lishi mumkin, ta’riflangan faoliyat va maqolalarning namunalarini tasdiqlaydigan barcha manbalarga havolalar taqdim etilishi kerak). 

Ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda eng yaxshi taqdim etish – davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rasmiy sahifasining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati, ro‘yxatdan o‘tganlarning soni, foydalanuvchilarning umumiy qamrovi, rasmiy sahifa va internet-OAVda chop etilgan axborotga havolalar soni, rasmiy sahifada taqdim etilgan materiallarga repostlar soni, axborotni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish tezligi, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bilan muloqot samaradorligini erkin shaklda ta’riflash. 

Jurnalist nazdidagi eng faol axborot xizmati – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlari, mass-media vakillari uchun o‘tkaziladigan tadbirlar soni va ularning ishtirok etish darajasi, shakllangan jurnalistlar pulining mavjudligi, jurnalistlar uchun maxsus mavzuga doir tanlovlarning o‘tkazilishi, tadbirlar doirasida taqdim etiladigan tarqatma materialning sifati, onlayn rejimida tashkilot faoliyati haqidagi daydjestlarning doimiy ravishda yuritilishini erkin shaklda ta’riflash. 

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza yuridik shaxs rahbari – tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan va muhr bosilgan, ish joyi, kasbiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot, telefon raqami, manzili va muallif pasportining nusxasi ilova qilingan holda to‘ldirilgan blankni tashkil etadi. 

Tanlovga topshirilgan materiallar o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tilida tayyorlangan bo‘lishi va bosma, internet nashr yoki veb-sayt ko‘rsatilgan holda bosma hamda elektron shaklda taqdim etilishi kerak. 

Fotoreportajlar asl nusxa holatida taqdim etiladi. 

Tanlov g‘oliblariga sovrinlar:

G‘oliblar har bir nominatsiya bo‘yicha maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi. 

Materiallar 2016-yilning 10-noyabrigacha «Yilning eng faol axborot xizmati» tanloviga qaydi bilan Toshkent shahar – 100129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 2-qavat, 45-xona manzili bo‘yicha O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yuborilishi kerak. 

Batafsil ma’lumotni 244-12-51, 244-14-28 telefonlari orqali olish mumkin.