Asosiy menu

Diqqat, tanlov!


Diqqat, tanlov!

«Jamiyat va men»

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi respublikadagi bosma va internet nashrlar, axborot agentliklari jurnalistlari va fotojurnalistlari uchun «Jamiyat va men» tanlovini e’lon qiladi. 

Tanlovga jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, huquqiy sohalardagi islohotlarning borishi, jamiyatning faol a’zolari tashabbuslarini birlashtirish, NNT, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, OAV va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ijodiy ishlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi. 

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida o‘tkaziladi. 

Tanlov yo‘nalishlari:

- ijtimoiy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material; 
- iqtisodiy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material; 
- tarixiy va madaniy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material; 
- siyosiy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material; 
- ilmiy-texnik mavzuda yoritilgan eng yaxshi material; 
- sport mavzusida yoritilgan eng yaxshi material; 
- ijtimoiy sheriklik mavzusida yoritilgan eng yaxshi material; 
- jamoatchilik nazorati mavzusida yoritilgan eng yaxshi material. 

Maxsus nominatsiyalar:

- «O‘z davrining qahramoni» mavzusida eng yaxshi maqola; 
- «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida yozilgan eng yaxshi maqola. 

Tanlovni o‘tkazish shartlari va tartibi:

Tanlovga nomzodlik uchun taqdim etiladigan materiallar 2016-yil 1-yanvardan 10-noyabrigacha bosma nashrlarda chop etilgan bo‘lishi kerak. Ular yuksak kasbiy daraja bilan ajralib turishi va quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq: 

• taqdim etilgan mavzuga muvofiqlik; 
• mavzuni yoritishda asoslilik va o‘ziga xoslik; 
• materialning ma’nodorligi va tushunarliligi; 
• aniq va ishonchli ma’lumot. 

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar mazkur e’lon chop etilgan vaqtdan boshlab 10-noyabrga qadar Toshkent shahar - 100129, A.Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 2-qavat, 45-xona manzili bo‘yicha qabul qilinadi. Murojaat uchun: (371) 244-14-28. 

Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblari maxsus diplom va noutbuk bilan taqdirlanadi. 

Tanlovga yuborilgan materiallar qaytarilmaydi, ular uchun taqriz yozilmaydi va haq to‘lanmaydi.