Asosiy menu

Keksalar – bebaho boyligimiz


Keksalar – bebaho boyligimiz

Milliy matbuot markazida «Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati tomonidan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirilgan «Keksalarimiz – bebaho boyligimiz» loyihasi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi. 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida keksalarni e’zozlash, salomatligini mustahkamlash, oila va jamiyatda mavqeini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar jamiyatimizdagi barqarorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

«Keksalar – bebaho boyligimiz» loyihasidan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, yoshu ulug‘ insonlarning boy hayotiy tajribasidan navqiron avlod kamolotida oqilona foydalanish, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga ehtirom ruhida tarbiyalashdir. 

Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi sifatida moliyalashtirilgan ushbu loyiha doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini yoritish bo‘yicha jurnalistlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. 

Mazkur tanlovda oltmishga yaqin jurnalistlar ikki yuzdan ziyod publitsistik materiallari bilan ishtirok etdi. Tadbirda tanlov g‘oliblari va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

 O‘zA