Asosiy menu

O'zbеkistonda Qur'on chop etiladi

O'zbеkiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda mushafi sharif Misr Arab Rеspublikasidagi «Dorus-salom» nashriyotining rasmiy ijozati bilan «Hilol» nashriyoti tomonidan chop etilmoqda.

Kitobning dastlabki sahifalari chop qilingan bo'lib, marosimga Zohidjon domla Qodirov, O'zbеkiston musulmonlari idorasi vakili Abdulhamid Tursunov, O'zbеkiston qorilari musobaqasi bo'yicha O'MI qoshidagi hay'at raisi Abdulhakim qori Matqulov, hay'at a'zosi Hasanxon qori Abdulmajid, «Fath» jomе' masjidining imom-xatib Bahodir qori Rahmatulloh va boshqa mеhmonlar ishtirok etgan.

Qur'oni Karim tilovatidan so'ng, xayrli ishning bardavom bo'lishini tilab xayrli duolar qilingan. Chop etish dastgohlar ishga tushirilib, Qur'oni Karimning dastlabki sahifalari bosildi.

«Hilol» nashriyotiga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan asos solingan bo'lib, bosmaxonada Qur'oni Karimni chop qilish ishlari 3 yanvar kuni boshlangan.


info.islom.uz