Asosiy menu

Aziz bolajonlar uchun yangi tuhfa


«O‘zbekiston» nashriyot-matbaai jodiy uyi aziz bolajonlar uchun yangi tuhfa - «Kichkina Yanko» nomli venger ertaklarini taqdim etadi.

«Jahon xalqlari ertaklari» ruknida chop etilgan mazkur to‘plamga venger xalqining bolajonlarni to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va odillikka undovchi, do‘stlikni ulug‘lovchi eng sara ertaklari kiritilgan. To‘plamdan o‘rin olgan ertaklarning mavzu doirasi juda ham rang-barang. Qolaversa, ularda vatanga sadoqat, tabiatga mehr, do‘stlik, mehnat, o‘zaro hurmat, insoniylik kabi tuyg‘u va fazilatlar tilga olinadi.

O‘ylaymizki, ushbu to‘plam bolajonlarning kitob javonidan munosib o‘rin egallaydi.