Asosiy menu

"Ajdodlar merosi - ma'rifat ziyosi" nomli yangi kitob nashrdan chiqmoqda

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida "Movarounnahr" nashriyoti buyurtmasiga ko‘ra M.Yo‘ldoshev va bir guruh mualliflar tomonidan nashrga tayyorlangan "Ajdodlar merosi - ma'rifat ziyosi" nomli  yangi kitob nashrdan chiqmoqda. 

Istiqlol yillarida barcha jabhalarda bo‘lgani kabi yoshlar va ularning ta'lim-tarbiyasida ham ulkan islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar, eng avvalo, ajdodlarimizdan qolgan boy ma'naviy merosni bunyodkorlik g‘oyalari va ezgu ta'limotlarni yoshlar ongiga singdirish va shu bilan birga ularni pok imon-e'tiqod, Vatanga sadoqat, olijanoblik ruhida tarbiyalashda o‘z aksini topmoqda. Yangi nashrdan chiqayotgan kitobda ana shular haqida so‘z boradi.