Asosiy menu

"O‘zbekiston" nashriyotida shoira Nasiba Rizayevaning "Ichimdagi men" she’riy to‘plami nashrdan chiqdi

Mazkur  to‘plamda o‘zining bir qancha she’rlari bilan elga tanilgan shoira Nasiba Rizayeva o‘zining ijod namunalaridan eng sara she’rlarini jamlagan.  Ayniqsa, "Uchayotgan daraxt", "Vatan ko‘rinishlari", "Ko‘zgu qarshisida", "Oy va ayol", "Qachon kelasiz?" kabi bir qator she’rlarini o‘quvchilar nafaqat sevib o‘qiydilar, balki yod ham olganlar.

Ushbu kitobga kiritilgan she’rlarda shoira tabiat go‘zalliklari, ishq va sadoqat, ona vatanga bo‘lgan muhabbatni teran misralarda madh etadi. 

Falsafiy mushohadaga boy she’rlar she’riyat shaydolari qalbidan chuqur joy oladi. Shoiraning mazkur to‘plami o‘zbek yoshlari uchun ajoyib tuhfa bo‘ladi.