Asosiy menu

G‘.G‘ulom nomidagi NMIU bosmaxonasida «O‘zbekiston ulamolari» nomli yangi kitob nashrdan chiqmoqda

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida «Movarounnahr» nashriyoti buyurtmasiga ko‘ra Haydarali Yo‘ldoshxo‘jayev va Irodaxon Qayumovalarning «O‘zbekiston ulamolari» nomli  yangi kitob nashrdan chiqmoqda.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi yurtimizning diniy, ijtimoiy-madaniy hayotida munosib o‘rin egallagan rasmiy diniy va mustaqil tashkilot sifatida ma'lum. Ushbu kitobda mazkur idora tashkil topganidan buyon o‘tgan 70 yildan ortiq vaqt mobaynida Vatan, din, xalq xizmatiga bel bog‘lagan, umrini islom ma'rifatini yoyish yo‘lida baxshida etgan din arboblari, mudarrislar, imom-xatiblar hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumotlar jamlangan.