Asosiy menu

Prezident D.Tramp “Amerika ovozi”ning O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinganini yuqori baholadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi AQSH—O‘zbekiston muzokaralarining natijalariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi. 

voa-logo.pngShuningdek, Prezident D.Tramp «vijdon mahbuslari»ning ozod qilinganligi, bolalar mehnatidan muntazam foydalanishning tugatilgani va majburiy mehnat ko‘lamini qisqartirishda erishilgan sezilarli yutuqlarni qayd etgan. Prezident Sh.Mirziyoyevning O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq holatni yaxshilashga oid keng islohotlar dasturini mamnuniyat bilan qarshi olgan. Davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish va ichki barqarorlikni ta’minlashning asosiy omili sifatida davlatning xalq oldidagi oshkoraligi va hisobdorligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, AQSH O‘zbekistonda ingliz tili bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidlagan. 

«Amerika ovozi»ning O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinganligi va uning Amerika ommaviy axborot vositalari uchun ushbu mamlakatda keng imkoniyatlar yaratishini yuqori baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, «Amerika ovozi» teleradiosi muxbiri Navbahor Imomova bugungi Prezidentlarning jurnalistlar bilan qisqacha bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston rahbari bilan so‘z almashib, Oq uyda o‘zbekcha savol bilan murojaat qilgan edi. 

navbahor.jpg