Asosiy menu

Kitobda 206 xonadon seldan jiddiy zarar ko`rdi

Kitob tumanida 13 maydan 14 mayga o`tar kechasi kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel toshqinlari yuzaga kelib, tumandagi Jillisuv, Bog`ibaland, Anorzor, Makrid, Ayoqchi mahallalari aholisiga jiddiy ziyon etkazdi.

Ma`lumotlarga qaraganda, Jillisuv mahallasidagi 112 xonadon seldan zarar ko`rib, shundan 7 xonadon uylari yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Bog`ibaland mahallasidagi 15 xonadon, Anorzor mahallasidagi 3 xonadon seldan talofat ko`rgan. Makrit qishlog`ida 36, Ayoqchi qishlog`ida esa 40 ta xonadon jiddiy zarar ko`rgan.

Toshqin qishloqlarni bog`lovchi 12 ta ko`prikni yuvib ketgan. Avtomobil yo`llariga ham jiddiy ziyon etganligi uchun transport harakati vaqtincha to`xtatilgan. Bulardan tashqari, aholiga tegishli ayrim transport vositalari ham nom-nishonsiz yo`qolib qolgani aytilmoqda. 
Sel oqimi aholi xonadonlari parvarishlanayotgan 120dan chorva mollarini oqizib ketgan.
Qurbon bo`lganlar va jarohatlanganlar haqida ma`lmot yo`q.

"Xalq so`zi" nashri xabariga ko`ra, ayni paytda mahallalarda seldan zarar ko`rgan xonadonlar oilalari vaqtincha boshqa joylarga ko`chirilib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.