Asosiy menu

O`zbekiston Prezidenti AQShga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15 may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O`zbekiston – AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. 

Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi. 

Rasmiy tashrif yakuni bo`yicha ikki mamlakat Prezidentlari "O`zbekiston va Amerika Qo`shma Shtatlari: yangi strategik sheriklik davrining boshlanishi" deb nomlangan Qo`shma bayonotni imzolashi, shuningdek, turli sohalardagi o`zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to`plamining qabul qilinishi kutilmoqda.