Asosiy menu

Samarqandda “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” ko‘rik - tanlovi g'oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komppleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida» 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qaroriga muvofiq Samarqand viloyatidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi joriy yilning 5 iyun kuni Viloyat barkamol avlod bolalar markazi zalida Nizom talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazildi va bu tadbirda 16 ta tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan maktab jamoalaridan 96 nafar jamoa a’zolari ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlovda Samarqand shahar 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi I-o‘rinni, Samarqand tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi II-o‘rinni, Jomboy tumani 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi III-o‘rinni egalladi.