Asosiy menu

Samarqandda ham masjid ta’mirlandi, ham nodir kitoblar topildi

Samarqand viloyati Nurobod tumani «Jom» qishlog‘idagi eski masjid ta’mirlanayotgan payt, eskirib ketgan gazetaga o‘ralgan bir nechta kitoblar topildi. Tarixchi olim Faxriddinxuja Ashrafxo‘jayev rahbarligida manbashunos olimlarning ta’kidlashicha, bu topilma kitoblar Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmatlari», «Tavjid qoidalari», payg‘ambarlar tarixi hamda ulug‘ mutafakkir Abdurahmon Jomiy va sohibqiron Amir Temurning bobokalon ajdodlariga tegishli nodir qo‘lyozmalardir.

Shuningdek, shu yerda istiqomat qiluvchi Mavlon bobo Jabborov hamda Zeboxon momo Quddusovalar xonadonlaridan ham noyob qo‘lyozma asarlar topildi. Bu kabi sandiq-kitoblar orasida – «Fikh», «Tafsirot-ul Salofiy», arab tili lug‘ati, «Sharhi Ilyos» hamda Amir Temurning ona tarifidan bobosi shayx G‘iyosiddin asarlari, Motrudiyning 2 jildli «Kalomi imomiya»si ham borligi aniqlandi.