Asosiy menu

Farg‘onalik kitobxonlar uchun 1000dan ziyod adabiyotlar sovg‘a qilindi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markaziga 1000 dan ziyod adabiyotlar taqdim etildi.

Ushbu kitoblar ijtimoiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop, diniy-ma’rifiy, texnika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, iqtisodiyot kabi 20 dan ortiq mavzu va yo‘nalishlarda ekani alohida ahamiyatga ega.