Asosiy menu

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekiston” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining to‘rtinchi qavat foyesida «O‘zbekiston» deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada mamlakatimizning diplomatik munosabatlarini, tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarini, xalqaro munosabatlarini yoritib beruvchi kitoblar va yurtboshimizning boshqa davlatlar prezidentlari bilan rasmiy uchrashuvlari muhrlangan fotosuratlar joy olgan.

O‘zbekiston kuchli fuqarolik jamiyati va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega erkin va demokratik davlat barpo etishning yangi tarixiy bosqichiga qadam qo‘ygan. Ochiq tashqi siyosat olib bormasdan, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, mustahkamlamasdan turib belgilangan vazifalarni amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida g‘oyat qisqa davrda salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. Xorijiy dvlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston ko‘plab davlatlar bilan faol siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yilgan, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanmoqda. Savdo, investitsiya va innovatsiyalar, transport va logistika, energetika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi istiqbolli dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Ilm-fan va ta’lim sohalarida ham hamkorlik rivojlanmoqda.

Mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar, O‘zbekiston Respublikasining ohirgi yillardagi siyosiy ahvoli, dimlomatik aloqalari va iqtisodiy munosabatlari haqida hikoya qiluvchi manbalar bilan yaqindan tanishadilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati