Asosiy menu

“Leto, kniga, ya – druzya” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Leto, kniga, ya – druzya» (Yoz, kitob, men – do‘stlar) deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi. Unda kutubxona mutaxassislari tomonidan yozgi ta’til kunlarida, iliq yoz kechalarida, qolaversa bo‘sh vaqtlarda mutolaa qilishga tavsiya etilgan kitoblar o‘rin olgan. 

Yoz — bu kitob bilan do‘stlashish, o‘z dunyoqarashingizni kengaytirish, vaqtingizni foydali va maroqli o‘tkazish davridir. Bu ajoyib fasl bilan qanchalar go‘zal va unutilmas xotiralar bog‘liq. Yoz boshlanmoqda. Bu degani ta’tillar, sayohatlar, qiziqarli sarguzashtlar va voqealar fasli boshlanmoqda, degani. Yozgi ta’til kunlari – sehrli davr. Quyosh nurlari ostida o‘tloqda yonboshlab, soyada kresloda o‘tirib, dala hovlida, sayru-sayohatlarda mutolaa qilish naqadar maroqli. Shuning uchun ham kitob hamisha insonning ishonchli va sadoqatli hamrohi, do‘sti va maslaxatgo‘yi hisoblanadi.

«Leto, kniga, ya – druzya» deb nomlangan kitob ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan har bir kitobxon o‘zini qiziqtirgan kitobni topishiga ishonamiz.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati