Asosiy menu

336-maktabgacha ta’im muassasasiga 200 ga yaqin kitob sovg‘a qilindi

2018 yil 16 may kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 336-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tadbirda o‘quv va o‘quv yordamchi, yo‘naltiruvchi materiallarning namuna nusxalari o‘z o‘quvchilari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. MTM tarbiyalanuvchilariga shu kuni 200 ga yaqin kitoblar sovg‘a qilindi. 
Tadbirda Agentlik tasarrufidagi nashriyot uylari xodimlari, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda ishtirok etganlar tayyorlangan materiallar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zMAA tasarrufidagi Cho‘lpon nomidagi NMIU va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kitob va kitob mahsulotlari tayyorlanmoqda. Jumladan, bugungi kunda muassasalar tarbiyalanuvchilari uchun plakatlar, tarqatma materiallar, pazllar, badiiy adabiyotlar tayyorlash jarayonlari davom etmoqda.