Asosiy menu

“Kitob olami” endi Kogonda

Buxoro viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi tashabbusi bilan 2018 yil 15 may kuni Kogon shahri markazida viloyat «Buxoro kitob olami» majmuasining 2-kitob savdosiga ixtisoslashtirilgan Kogon shahri filiali - zamonaviy kitob do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda tuman hokimligi, viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi, Kogon tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi Kogon shahar kengashi vakillari, «Buxoro kitob olami» MChJ xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirni davomida kitobxonlik musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblari Kogon tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi Kogon shahar kengashi tomonidan yilning eng yaxshi badiiy kitoblari bilan mukofotlandi. Ayniqsa, yosh avlod vakillari, maktab-kollejlar o‘quvchilari orasida bo‘lib o‘tgan mushoira qatnashganlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Shuningdek, joriy yil oxirigacha viloyat «Buxoro kitob olami» majmuasining Jondor, Romitan, Shofirkon tumanlari filiallari ochilishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi