Asosiy menu

Yangi kitob taqdimoti: “Omadli maymun”

Xorazm viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, «Mangulik jamoli» jamoatchilik birlashmasi tomonidan xazorasplik yosh iste’dod sohibi Charosxon Olloyorovaning «Omadli maymun» kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Xazorasp tumanidagi 11-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda shoir va yozuvchilar, o‘qituvchilar, yoshlar, «Hazoraspnoma» gazetasi qoshida tashkil etilgan Rustam Nazar nomidagi «Mahorat maktabi» tinglovchilari ishtirok qilishdi. 

Taqdimot doirasida tuman madaniyat bo‘limi va 5-son maktabgacha ta’lim muassasasi havaskorlari tomonidan «Omadli maymun» kitobiga kirgan ertaklar asosida sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Xorazm viloyati matbuot va axborot boshqarmasi