Asosiy menu

Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat

Samarqand viloyat hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida shahardagi «Yoshlik» istirohat bog‘ida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan «Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi vakillari ham ishtirok etdi.
Shuningdek, anjuman davomida kitob yarmarkalari tashkil qilindi.

Tadbir davomida yana bir qiziqarli voqea – ko‘p kitob o‘qiyotgan kitobxon oilalar anqilanib, ularga kitoblar sovg‘a qilindi.

O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
axborot xizmati