Asosiy menu

“Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurtiga Ramazon tuhfasi

22018 yil 15 may kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Namangan viloyatida o'tkazliayotgan "Kitobxonlik kunlari" doirasida «Hidoya» o'rta maxsus islom bilim yurtida kitob va kitob mutolaasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zMAA Bosh direktori L.Tangriyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Namangan viloyatiga qilgan tashrifi va shundan keyin amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga alohida to‘xtalib, xususan, 2017 yil 13 sentyabrda e’lon qilingan «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni qayd etdi. 

- Kitob va kitobxonlikni aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish ularning dunyoqarishi va ma’naviyatining yanada yuksalishiga olib keladi. Namangandan yetishib chiqqan ijodkorlar hayoti va ijodini o‘rganish juda muhim bo‘lib, bu yoshlarni ajdodlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, - deya ta’kidladi L.Tangriyev.

Uchrashuvda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan «Hidoya» o'rta maxsus islom bilim yurtiga yaqinlashib kelayotgan Ramazon tuhfasi sifatida 100ga yaqin nomdagi diniy-ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi.