Asosiy menu

Tanlov!

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

«Yuksak sifat va halollik»

shiori ostida xususiy korxonalar o‘rtasida I Respublika

tanlovini e’lon qiladi

Tanlovda respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha xususiy matbaa korxonalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning maqsadi:

-amaldagi standart va texnik talablarga to‘la javob beradigan, zamonaviy dizaynga ega matbaa mahsulotlari ishlab chiqarayotgankorxonalarni rag‘batlantirish;

-matbaa korxonalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish;

-ilg‘or matbaa korxonalarining faoliyati va tajribalarini keng targ‘ib etish;

-sohaga innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash;

-mamlakatimizda matbaa-ishlab chiqarish sanoatiniyangi sifat bosqichga olib chiqish.

Tanlov quyidaginominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi :

Eng yaxshi kitob mahsulotlari;
Eng yaxshi gazeta va jurnal mahsulotlari;
Eng yaxshi kanselyariya mahsulotlari;
Eng yaxshi qadoqlash mahsulotlari;
Eng yaxshi bezakli matbaa mahsulotlari (etiketkalar, qutilar, kalendarlar, bukletlar, tashrif qog‘ozlari va hokazo...)

Tanlov shartlari:

-ishtirok etuvchi korxona Agentlikda tuzilganishchi guruhiga korxonaning texnik va texnologik imkoniyatlari (texnik jihozlarning nomi, rusumi, ishlab-chiqarish quvvati);

-ishlab chiqarishga joriy etgan modernizatsiya va diversifikatsiya, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarga oid amaliy natijalari;

-xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazma yoki tanlovlardagi ishtiroki haqida yozma ma’lumotlar;

-ishtirok etayotgan nominatsiyasi bo‘yicha 2018 yilda ishlab chiqarganmahsulotlaridan ikki nusxadan namunalar taqdim etadi.

Tanlov yakuni:

Tanlov natijalari yil yakunida e’lon qilinadi.

G‘oliblar diplom, statuetka va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlov natijalariommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.

Tanlovdaishtirok etish yuzasidan takliflar2018 yilning1 noyabriga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 244-35-35


Ishchi guruhi