Asosiy menu

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi viloyat kutubxonalariga kitoblar yetkazib beradi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan mustaqillik davrida mamlakatimzdagi nashriyotlarda chop etilganbadiiy-ilmiy, siyosiy-ijtimoiy, falsafiy va ommabob kitoblar, darsliklar, lug‘atlar, ensiklopedik to‘plamlar viloyat axborot kutubxonalariga bepul yetkazib berialadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 19 fevraldagi Farmoniga muvofiq Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Hududlardagi axborot kutubxona markazlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, kitob fondini boyitish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan mustaqillik davrida mamlakatimzdagi nashriyotlarda chop etilgan badiiy-ilmiy, siyosiy-ijtimoiy, falsafiy va ommabob kitoblar, darsliklar, lug‘atlar, ensiklopedik to‘plamlar viloyat axborot kutubxonalariga bepul tarqatiladi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Axborot xizmati