Asosiy menu

Qayta mutolaa qildim

O‘zbek romanchiligiga asos solgan buyuk o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari hali hanuz eng durdona romanlar maqomida turibdi. Bu yozuvchi asarlari badiiyati naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon»romanida yozuvchi davr va shaxs fojeasini ochib berishga intiladi. Bunda Anvar va Ra’no kabi qahramonlar taqdiri, ko‘ngil kechinmalari, inson qadr-qimmati, erki va erksizligi kabi tushunchalar o‘quvchi qalbini junbushga keltiradi. Xon tomonidan qilingan zulmning adolatsizligi, ikki qalbning iztiroblariga befarq qaray olmaysiz. Bu asarlarni qayta-qayta o‘qib yangi qirralarini o‘zingiz uchun kashf qilib borasiz. Ushbu asar menda chuqur taassurot qoldirdi.

Ulug‘bek Ishmuxammedov,

Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa 

ijodiy uyi direktori