Asosiy menu

Diqqat, e’lon!!!

Yurtimizda birinchi xalqaro matbaa forumi bo‘lib o‘tadi

2018 yil 14-15 mart kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda «A2 DIGITAL» MCHJ hamkorligida «Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasida ilk bor birinchi Xalqaro matbaa forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan yirik matbaa korxonalarining vakillari ishtirok etadilar.

Forum doirasida O‘zbekistonda matbaachilik sohasiga tatbiq etilgan innovatsion texnologiyalar va erishilgan natijalar, sohaning istiboldagi rivojlanish tendensiyalari xususida nazariy va amaliy muloqotlar, taqdimotlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

«Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari» birinchi Xalqaro matbaa forumiga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

Murojaat uchun telefon: 244-35-35

Tashkiliy qo‘mita