Asosiy menu

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan turkum tadbirlar

2018 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek mumtoz adabiyotining vakili, buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan turkum tadbirlar tashkil etildi. Turkum tadbirlar doirasida “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyish etildi, “Besh qit’a oralab kezar Navoiy...” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi hamda “Kecha kelgumdir debon...” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
“Besh qit’a oralab kezar Navoiy...” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida navoiyshunos olimlar,adabiyotshunoslar, tilshunoslar, shoirlar, talaba yoshlar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiy badiiy-ma’naviy merosining hozirgi yoshlarning madaniy-axloqiy tarbiyasidagi o‘rnini alohida e’tirof etdilar.
Davra suhbatida so‘zga chiqqan filologiya fanlari nomzodi, shoir J.Karim, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxissisi F.Mahmudov, tarix fanlari nomzodi N.Hasanov, shoir Z.Ne’matlar Alisher Navoiy qahramonlari obrazlarining xarakterli jihatlari, ularning dolzarbligi va tarbiyaviy xususiyatlari haqida to‘xtalib, uning doston va poemalaridan parchalar o‘qidilar. Navoiy ijodining o‘ziga xosligi, yosh avlod uchun ruhiy kuch va ma’naviy saboq bo‘lib kelgan shoir va mutafakkir she’riyati dunyosining ulg‘vorligi haqida so‘z bordi. Tadbirda Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik va sadoqat ruhining ta’siri, shoir qoldirgan boy adabiy merosning bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, Alisher Navoiyning obodonchilik, ziroatchilik va ziyo taratuvchilik borasida amalga oshirgan ishlari alohida ta’kidlandi.
“Alisher Navoiyning nafaqat adabiyot sirlarini, balki insoniy jihatlarini ham o‘zlariga singdirish – xaligacha qalam ahlining ezgu maqsadlaridandir. Podshohlar ham uning yuksak ma’naviy va ruhiy asarlarini mutolaa qilib, el-yurt farovonligi yo‘lida adolatli hukm chiqarganligi tarixdan ma’lum”, - dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Z.Ne’mat.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati mutaxissisi F.Mahmudov Alisher Navoiy ijodida qo‘llangan adabiy janrlar haqida ma’lumot berdi va ularga misollar keltirdi. Tarix fanlari nomzodi N.Hasanov esa o‘zbek yozuvchi va shoirlarning o‘z ijodida Navoiy hayoti, va lirikasi g‘oyasiga murojaat etilganligi darajasi haqida so‘zladi.
adbirda Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiy fakulteti o‘qituvchilari va 5-bosqich kursanti Izzatillo Musaev va Alisher Navoiy nomidagi ona tili va adabiyoti instituti 1-bosqich talabasi Dilnavoz Najmiddinovalar tomonidan buyuk shoir Alisher Navoiy baytlari, g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qidilar. Ustoz san’atkor A.Latipov esa A.Navoiy qalamiga mansub g‘azallarga bastalangan ko‘shiqlardan jro etdi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur ma’rifiy tadbirdan katta taassurotlar oldilar va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati