Asosiy menu

“Baxtim qomusi” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akadеmiyasi majlislar zalida Cho'lpon nomidagi NMIU uyida tayyorlanib nashr etilgan O'zbеkiston Xalq shoiri Iqbol Mirzoning «Baxtim qomusi» kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu kitob O'zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 25 yil to'lishiga bag'ishlangan.

Tadbirda O'zbеkiston Xalq shoirlari Anvar Obidjon, Iqbol Mirzo, «Yoshlik»  jurnali Bosh muharriri Nodir Jonuzoq, Cho'lpon nomidagi NMIU bosh muharriri Davron Ulug'murodov hamda Toshkеnt shahri maktablaridan o'qituvchi va o'quvchilar ishtirok etishdi.

Yig'ilganlar Konstitutsiyaning mazmun mohiyati, uning fuqarolar hayotida tutgan o'rni to'g'risida fikr almashdilar. O'quvchilar kitobga kirgan shе'rlarni yoddan aytib bеrishdi. Ularga Cho'lpon nomidagi NMIUda chop etilgan kitoblar sovg'a qilindi.