Asosiy menu

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Hay'atining kengaytirilgan yig‘ilishi to‘g‘risida axborot


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Hay'atining
kengaytirilgan yig‘ilishi to‘g‘risida axborot

Bugun 25 aprel kuni 1 chorak yakunlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Hay'atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida»gi PQ-2881-son qarori mazmun mohiyati, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning 2017 yil I chorak ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari yakunlari, iqtisodiy islohotlarning borishi, X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida korxona va tashkilotlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishi va 2017-2018 o‘quv yilida chop etiladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari holati, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va tizimdagi korxonalar, tashkilotlar hamda hududiy tuzilmalarda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning ijro etilishi, Agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylarining 2017 yilga mo‘ljallangan mavzu rejalari tahlili va ularni yanada takomillashtirish masalalari, Agentlikning nashriyot-matbaa ijodiy uylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi «2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektorlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2569 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot voistalarini davlat ro‘yxatiga olish tizimini yanada takomillashtirish hamda muhr va tamg‘alarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yangi tizim orqali ishlash jarayoni tadbiq etilayotganligi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda hududiy tuzilmalarda 2017 yilning 1-choragida ijro intizomi holatiga rioya etilishi monitoringi yakunlari hamda hududiy boshqarmalarda o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar yakunlari muhokama etildi.

 Yig‘ilishni Bosh direktor o‘rinbosari K.Mansurov ochib berib, kun tartibidagi masala yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinishi, Agentlik markaziy apparati, tizimdagi barcha korxona va tashkilotlar, hududiy boshqarmalar rahbar va xodimlari mazkur qarorda belgilangan vazifa, topshiriqlar talablariga qat'iy rioya qilishlarini aytib o‘tdi.

Shuningdek, majlisda Mehnat intizomi borasida, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, «Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi» (100-modda), «Xodimning burchlari» (176-modda), «Intizomiy jazolar» (181-modda), «Intizomiy jazolarni qo‘llanish tartibi» (182-modda) hamda Jamoa Shartnomasida belgilangan talablar, ya'ni mehnat shartnomasining qaysi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkinligi, ichki tartib qoidalar talablaridagi xodimlarning majburiyatlari yana bir bor eslatib o‘tildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda tizimdagi korxona va tashkilotlarning 2017 yil I choragidagi faoliyati Respublikamiz Prezidentining soha rivojiga yo‘naltirilgan qarorlari, farmoyishlari, Hukumatimiz tomonidan belgilangan vazifa va topshiriqlarning bajarilishini ta'minlash, aholini badiiy, bolalar, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop va ensiklopedik adabiyotlarga va boshqa bosma mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishga qaratildi.
O‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi», «Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz» hamda «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz» nomli kitoblarining har biri o‘zbek tilida lotin alifbosida 15 000 nusxadan hamda kirill alifbosida 20 000 nusxadan chop etilib, keng ommaga havola etildi.

Nashriyot-matbaa ijodiy uylari tomonidan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida 30 ga yaqin nomdagi kitoblar, ilmiy-ommabop risolalar, plakat va bukletlar chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda ularni nashrga tayyorlash borasida tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, hisobot davrida nashriyotlarda nashr etilgan 2,8 mln. nusxadan ziyod, turli yo‘nalishdagi kitoblar yurtimiz yoshlari ma'naviyatini yanada yuksaltirish, kelajagimiz egalarini jahon ilm-fani taraqqiyoti namunalari bilan yaqindan tanishtirish, intellektual salohiyatini oshirishga hamda aholining badiiy, ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ilmiy darajasini yuksaltirib bormoqda.

2017 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan dasturga muvofiq yil oxirigacha 20 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etib, bu ish o‘rinlariga asosan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini joylashtirish ko‘zda tutilganligi aytib o‘tildi.

Shu bilan birga nashr etilayotgan badiiy, bolalar, ijtimoiy-siyosiy, qomusiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar turlari hajmini yanada ko‘paytirish va sifatini oshirish choralarini ko‘rish belgilanganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni hamda Farmon bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi» (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi) mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta'minlash jarayonlarining sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonida yuklatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2017 yilning 10 fevralida Agentlikning 57-son buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq bilan Agentlikning «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»da belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, Chora-tadbirlar rejasi ijrosini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi tasdiqlanib, Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, tizimdagi korxonalar rahbarlari mazkur chora-tadbirlar rejasining ijrosi uchun shaxsan javobgarligi belgilandi. 

Tizimdagi korxona va tashkilotlar, hududiy boshqarmalar rahbarlariga Agentlik chora-tadbirlar rejasi asosida o‘z rejalarini ishlab chiqish, ijrosini ta'minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har oyning 20-sanasiga qadar Agentlikka axborot berish topshirildi.

Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis, to‘liq ma'lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta'minlash vazifasi topshirilgan.

Topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan maqola va materiallar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlari media-rejasi» ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Media-reja asosida Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqiligan mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi» mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, bu yo‘lda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari haqida respublika markaziy va mahalliy nashrlarida muntazam ravishda materiallar e'lon qilinmoqda. 

Agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan rag‘bat va qo‘llab-quvvatlash, yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, korxonalarning texnik-texnologik imkoniyatlarini yaxshilash borasidagi amaliy sa'y-harakatlarga muvofiq tarzda faoliyat yuritib, aholining, ayniqsa o‘sib kelayotgan yoshlarning kitob mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyojarini qondirish yo‘lida izchil faoliyat yuritmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 12 yanvaridagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida» gi F-4789-son Farmoyishi  muhim amaliy ahamiyat kasb etdi. Mazkur farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida ayni kunda barcha nashriyotlar turli yo‘nalishdagi adabiyotlarni, xususan inson  shaxsiyatini takomillashtirishda, ayniqsa kelajagimiz egalari - yoshlarning kamolga yetishida, ularning tafakkurini shakllantirish, jamiyat hayotida faol ishtirokini ta'minlashda dasturilamal bo‘ladigan, yuqori saviyadagi adabiy-badiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy nashrlar salmog‘ini ko‘paytirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirdilar. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi «2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektorlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2569-son qarori bilan 2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektorida axborot texnologiyalarini keng joriy qilishga doir chora-tadbirlar, loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan. Vazifalar ijrochilariga maxsus Ishchi guruhlarini tashkil qilish, loyihalarni amalga oshirishga doir tarmoq grafiklarini tasdiqlash, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, moliyaviy-iqtisodiy asoslarining dastlabki natijalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatilgan.
2017 yil birinchi choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar hozirgi kunda tizim tashkilotlarida o‘z vaqtida amalga oshirib kelinayotganligi aytib o‘tildi.

Hukumatning 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-son, 1999 yil 29 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 140-son Qarorlari talablariga muvofiq tizimdagi korxona va tashkilotlarda ish yuritish va ijro intizomiga rioya etilishi holati yuzasidan maqsadli monitoring olib borilganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Erishilgan natijalar bilan birga ijro intizomiga rioya etilishi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ta'kidlandi.